1.2. Majburiyatlar tahlilining maqsadi, vazifalari va moliyaviy boshqaruvda tutgan o’rni
Majburiyat uchta asosiy xususiyatga ega bo’lishi kerak:
majburiyat, boshqa subyektga aktivlarning o’tkazilishi, ishlar bajarib berilishi, xizmatlar ko’rsatilishi yoki hisob-kitob raqamidan pul to’lab berilishi bilan qondirilishi mumkin;
majburiyatlar munozarali bo’lmasligi kerak, ya’ni korxona tomonidan tan olingan qarzdorlik majburiyatlar bo’lib hisoblanadi;
majburiyatning kelib chiqish sababi subyektiv omil tufayli bo’lmasligi kerak.2
Birinchi holatda, majburiyatlarni qarzdor korxona tomonidan albatta to’lanishi lozimligi nazarda tutilgan. Ularning o’z vaqtida to’lanmasligi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, qarz bergan korxona o’z haqini talab qilib, xo’jalik sudiga murojaat qilishi mumkin. Buning natijasida, qarzdor korxona sudda yutqazib qo’yishi hamda sud jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni, qarz summasini, qarzni o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun sud tomonidan belgilangan jarima summasini va etkazilgan ma’naviy zararni qoplab berishiga to’g’ri keladi. Bu holat korxonaga katta zarar yetkazib, uning moliyaviy ahvolini yomonlashishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun majburiyatlarni, o’z vaqtida mahsulot yetkazib berish, xizmat ko’rsatish, ishlarni bajarib berish yoki pul to’lovi orqali undirib borilishi talab qilinadi.
Ikkinchi holat, qarzdor korxonada ham, qarz beruvchi korxonada ham majburiyat miqdori bir hil bo’lishi hamda ushbu majburiyat har ikkalasi tomonidan tan olingan bo’lishini anglatadi.
Qarzdorlikning kelib chiqish sababi o’rinli bo’lishi kerak deyilganda, majburiyat paydo bo’lishi uchun qarz bergan korxona tomonidan qarzdor korxonaga mahsulot yetkazib berilgan, xizmat ko’rsatilgan, ishlar bajarib berilgan yoki pul ko’rinishida to’lov amalga oshirilgan bo’lishi kerak. Xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zaro iqtisodiy munosabatga kirishishlari natijasida paydo bo’lgan majburiyatlarini o’z vaqtida, aniq va to’g’ri hamda turlarga ajratgan holda hisobga olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, majburiyatlarni o’z vaqtida va aniq hisobga olib bormasligi korxona uchun keyinchalik yuqorida aytib o’tilgan bir qator unumsiz xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Kreditorlik qarzi tashqaridan mablag’lar kelishi hamda xo’jalik faoliyati jarayonida qarz paydo bo’lib, uning yozilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, byudjetga qarzlar soliqlar hisoblanishi natijasida, mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar ish haqi hisoblash bilan yuzaga chiqadi va hokazo.
Bu qarzlar shu korxonada hosil qilingan qo’shimcha qiymat evaziga yoki uning qayta hisoblanishi hisobiga vujudga keladi. Kreditorlik qarzining ushbu guruhi bo’yicha qarz xo’jalik faoliyati jarayonida yozilganida paydo bo’ladi, qarzlar olingan daromadlar hisobiga to’lanadi.
Qarz korxonaning turli bitimlarni bajarishi natijasida vujudga keladi va tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar yuzasidan kelgusidagi to’lovlar uchun huquqiy asos bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |