Majburiy sinflar uchun



Download 45,5 Kb.
Sana23.03.2022
Hajmi45,5 Kb.
#506096
Bog'liq
6-sinf tarix zardushtiylik


Majburiy sinflar uchun
1. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab
aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida
bu hudud … deb ataladi?
A)Marg’iyona B)Baqtriya C)Xorazm D)So’g’diyona
2. Surxon vohasi,Afg‘onistonning shimoliy, Tojikiston ning janubiy hududlarida joylashgan xalqlarning eng yaqin qo’shnilarini belgilang?
A)xorazmliklar B)baqtriyaliklar C)marg’iyonaliklar D)so’g’diyonaliklar
3.Tarixiy xatolik mavjud bo’lgan qatorni belgilang.
A)Amudaryoning yuqori oqimida yashagan o‘troq
dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning
yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan.
B)Cho‘llar va Amudaryo (daryoning qadimgi
nomi Oks) bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget
qabilalari yashagan.
C)O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan.
D) Saklarning ko‘pchilik qismi saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan.
4.Qaysi yurt tarixchilari saklarni 3 guruhga bo’ladi? A) Xitoy B)Yunon C)Rim D)A,B E)B,C
5.Saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar qayerlarda yashaganlar.
A)Afg‘onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida
B) Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida
C)Orol dengizi bo‘ylarida,Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida
D)Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada
6.Pomirning tog’li hududlarida va Farg’onada yashagan saklar?
A)Saka-tigraxauda B) saka-haumovarka C)saka-tiay-taradarayya D) T.J.Y
7.Xorazm, So’g’diyona, Baqtriya aholisining mashg’uloti?
A)Suniy sug’orishga asoslangan deh-k
B)savdo-sotiq C)deh-k D) deh-k va chorvachilik
8.Qaysi qatorda O’Osiyo tarixi bilan bog’liq xatolik mavjud?
A)Chorvadorlar hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g‘alla va mevaga ayirboshlaganlar.
B)Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining
asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilarni boqqanlar.
C)Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan.
D)Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza bu yumlar topilgan.Ular hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi.
9. Qiziltepa shahri qayerda joylashgan?
A) Samarqand B)Buxoro C)Xorazm D)Surxondaryo
10.Ko’zaliqir shahri qayerda joylashgan?
A) Buxoro B) Samarqand C) Xorazm
D) Surxondaryo
11.Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topdi?
A) M.a. VI asr B) m.a. IV asr C) m.a. VII asr D) m.a. V asr
12.Quyidagi javoblarning qaysi birida Zardushtiylik dini bog’liq xatolik mavjud emas?
A)Zardushtiylar olov, tuproq, momaqaldiroq ,suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan.
B)Zardusht (yunon tilida Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs.
C)Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardushtni tanlaganini ma’lum qilibdi. Shu tarzda Zardusht 40 yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan.
D)Yunonistonda Zardushtni birinchi galda donishmand, munajjim sifatida bilishgan.
13. Dehqonlar va chorvadorlarni(Avestoda) homiysi bo’lgan xudo?
A)Mitra B) Anaxita C) Axriman
D) Axuramazda
14. Zardushtiylik dini O’rta Osiyoga qachon keng tarqalgan edi?
A)M.a. I m.y. B) m.a. III m.y. C) I m.y.
D) M.a. II m.y
15.Ahamoniylar sulolasiga bog’liq ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo’l qo’yilmagan?
A)Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi To‘maris bosqin-chilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo fors shohi bu taklifni rad etadi va Sirdaryo-dan kechib o‘tishni boshlash to‘g‘risida farmon beradi.
B)Frada rahbarlik qilgan qo‘zg‘olonchilar bilan fors qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi jang mil. avv. 522-yilda bo‘ladi. Bu voqea haqidagi ma’lumotlar Behistun qoyatosh yozuvlarida qayd etilgan.
C) Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganligihaqidagi ma’lumotlar Behistun qoyatosh yozuvlarida qayd etilgan.
D)Doro I O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan dastlabki fors podshosi
bo‘lgan.
16.Shiroq jasorati haqida ma’lumot beruvchi tarixchi yashagan davrni aniqlang?
A)mil.avv I asr B) mil.avv III asr C) mil.avv IV asr D) mil.avv II asr
17. Marafon jangida qaysi O’rta Osiyolik xalq muvaffaqiyatli qatnashgan?
A)Massagetliklar B) baqtriyaliklar C) saklar D) xorazmliklar
18.Geradotni yozishicha, O’rta Osiyolik qaysi xalq kamon va nayzalar bilan qurollangan?
A)Baqtriyaliklar B) Xorazmliklar C) sug’diylar D) A,B E) A,B,C
19.…asrlarda O‘rta Osiyo hududidadastlabki tanga pullar tarqalgan.
A) Mil. avv. III-II asrlar B)Mil.avv.IV-III asrlar
C) Mil. avv. V-IV asrlar D) Mil. avv. VI-V asrlar
20.Mil. avv. VII-IV asrlar O‘rta Osiyosiga bog’liq ma’lumotlarning qaysi xatolik mavjud?
A)Xanjar – «akinak», jangovar oybolta esa
«sagaris»deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilishda kamondan foydalanilgan.
B)Shaharlar burjlar va shinaklari bo‘lgan mustah-kam devorlar bilan o‘rab olingan edi.Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo‘laklar qurilgan.
C)Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olganlar. Dushmanga qarshi hujumni piyodalar
boshlab berganlar.Ular o‘q-yoy, nayza yoki xanjar bilan dushmanga hamla qilganlar.
D)Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar, jangovar oybolta va nayzalar bilan qurollanganlar. Kamon o‘qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan.
21. Aleksandr II nima sababdan Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ldi?
A) Xududni kengaytirish maqsadida B) Amudaryoni nargi tomonida yashovchi xalqlarni qul qilish maqsadida
C) Qo’shinini xarbiy salohiyatini oshirish maqsadida D) Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shin orqasini xavfsizlantirish 22.Aleksandr yurushlari bilan bog’liq xatolik mavjud bo’lmagan qatorni belgilang. A)Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va O’.Osiyoda katta-katta hududlarni bosib oladiB) Mil. avv. 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr
qo‘shinlari Oks – Amudaryodan o‘tib oldilar. Qo‘shinlar yurishlari yo‘nalishida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining shimoliy qismi) va Maroqanda shahri (Samarqand) turar edi.
C) So‘g‘diyona xalqi Aleksandrga qarshi kurashga chiqadi. Tez orada so‘g‘diylarga baqtriyaliklar va saklar qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli tashkilotchi va harbiy yo‘lboshchi Spitaman boshchilik qiladi.
D) Aleksandr miloddan avvalgi 356-yilda Makedoniyapodshosi bo‘ladi. Shu yili u
20 yoshga to‘lgan edi.
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish