MAJBURIY ONA TILI
1. Mehmon jiddiylashdi, bir narsani isbotlamoqchiday keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlaming qaysi so‘z turkumidan yasalganligini aniqlang.
A) fe’l, ot, ravish
B) ot, ravish
C) fe’l, ot, sifat
D) ot, fe’l
2. 1) sayroqi-tutatqi
2) otashin-g‘ishtin
3) qishlik-yoshlik
4) chizg‘ich-yulg‘ich
5) oqshomgi-sezgi
6) erinchoq-maqtanchoq
Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi omonim (shakldosh) qo‘shimchalar ishtirok etgan?
A) 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4, 5
D) barchasida omonim qo‘shimchalar ishtirok etgan
3. Ismlarning lug‘aviy shakllari qo‘llangan javobni belgilang.
A) kitobning, kitobim, o‘quvchilar
B) uycha, odamlar, Oyxon, quyoshdek
C) daftarcha, koptokka, qalamim
D) farzandmiz, bolam, mushukcha
4. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang.
Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas. A) 12 ta
B) 11 ta
C) 10 ta
D) 9 ta
5. a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga qaysi qo‘shimcha qo‘shilsa a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi?
A) -sh
B) -v
C) -t
D) -moq
6. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir.
Berilgan gap tarkibida so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday fonetik o‘zgarishlar ro‘y bergan?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush orttirilishi va o‘zgarishi
7. Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida, ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, ularni raqsga taklif etishida aks etadi.
Berilgan gapdagi ismlar guruhiga kiruvchi yasama so‘zlar tarkibida qo‘llangan lug‘aviy shakl yasovchilar sonini aniqlang.
A) 5 ta
B) 11 ta
C) 6ta
D) 8 ta
8. Abdulla qalami bilan ming-minglab o‘quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga chiroq yoqib ketdi.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so‘zda qaysi usulda ma’no ko‘chgan? A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
9. Tarkibidagi bir tor unli fonema o‘rinda boshqa tor unli so‘z ma’nosini farqlashi mumkin bo‘lgan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) urush; 2) tiqmoq; 3) uzun; 4) yumish; 5) molik; 6) jiyron
A) 1, 4
B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5, 6
10. Imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) terakka, bilakka, so‘roqqa, sog‘ga
B) uzoqqa, toqqa, buloqqa, chokga
C) yurakka, uloqqa, tuzog‘ga, o‘chog‘ga
D) so‘roqqa, ishtirokka, tokga, chokga
Do'stlaringiz bilan baham: |