MAJBURIY FANLAR UCHUN
Qaysi javobdagi barcha so’zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan?
a)so’nggi,kongress,tungi c) tong,shtanga, ko’rdingiz
b)jarang,singil, bugungi d)tongi,yengildi, dengiz
2. K va q undoshlari bilan tugagan so’zlarga qanday qo’shimcha qo’shilgan paytda k undoshi g ga, q undoshi g’ ga almashadi?
A)kelishik qo’shimchasi B)egalik qo’shimchasi C)shaxs-son qo’shimchasi D)A va B
In’om va san’at so’zlarida tutuq belgisining qo’yilish sababi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A)undosh tovushdan keyin pauza qilish uchun B)unli tovushni cho’zib talaffuz qilish uchun C)unlini undoshdan ajratib talaffuz qilish uchun D)tutuq belgisi qo’yilmaydi
Men,sen olmoshlariga qanday qo’shimcha qo’shilsa, qo’shimcha tarkibidagi bitta tovush tushirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi?
1.-ga 2.-ning 3.-ni 4.-dan 5.-niki 6.-da A)1,4,6 B)1,2,6 C)2,3,5 D)1,2,3,4
E unlisi qaysi so’zlarda I ga yaqin talaffuz qilinadi?
A)ekran,eksport B)e’lon,ne’mat C)okean, teatr D)kecha,behi
B undoshi qaysi so’zlarda o’zining jarangsiz jufti kabi talffuz qilinadi?
A) bahor,zarb,bir B)savob,kitob,borib C)bol,murabbo,mansab D)buyuk,majbur,bebaho
“O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ning tuzilishi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)6 bo’lim,82 band B)5 bo’lim,83 band C)7 bo’lim,82 band D)7 bo’lim,84 band
Qaysi qatorda bo’g’in ko’chirish qoidasiga amal qilingan?
A)mudofa-a,matba-a B)silind-rik,kont-rakt C)kon-gress,mai-shat D)a-badiy,e-shik
U harfi qaysi so’zlarda I ga yaqin talaffuz qilinadi ammo U yoziladi?
A)sovuq,butun,yutuq B)but,nuroniy,munosabat C)buyuk,sunray, tulki D)mulk,xursand,sovun
Qaysi so’zdagi tutuq belgisi unlining cho’zib aytilishi uchun qo’yilgan?
A)mas’ul,in’om B) ta’lim, e’lon C)matba’a,mudofa’a D)san’at,a’lo
Kamtar bo’l barchani etgil bahramand,Sening ham martabang bo’lg’usi baland,Urug’ aralashib avval tuproqqa,So’ngra bo’y cho’zadi osmon-falakka.Ushbu she’riy parchada fonetik tamoyil asosida yozilgan so’zlar soni nechta?
A)4ta B)5ta C)3ta D)2ta
Berilgan so‘zlardan qaysi biri bo‘g‘iz undoshi bilan boshlanishi kerak?
1.~xivich, 2.~xorg‘in, 3.~xurram, 4.~xovuch
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3
14. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gapdagi qo‘shimcha qo‘shish natijasida tovush o‘zgarishi vujudga kelgan so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
15. Metateza hodisasi qaysi qatordagi so‘zda kuzatiladi?
A) yurakka – yurakga B) zarar – zaral
C) tuzsiz – tussiz D) tuproq – turpoq
BLOK TEST “30” TALIK
1. Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma’no ko`chish hodisasi yuz bergan?
A) Bahor kelinchakdek yasanib keldi. B) Po`latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek.
C) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. D) Barcha gaplarda metofora usuli mavjud.
2. Qaysi imlo qoidasiga ko‘ra so‘z o‘zagi va qo‘shimchalarni aynan yozish qoidasiga rioya etilmaydi?
A) fonetik B) shakliy
C) morfologik D) tarixiy
3.Qaysi javobda M.M.Do'stning asri berilgan ?
A.''Javob'' B.''Ko'ngil ozodadur'' C. ''Bir toychoqning xuni'' D.''Otamdan qolgan dalalar''
4. Quyoshning oltin qalami nur tutar edi. Ushbu gapda ko’chimning qaysi turi qo’llangan?
A)Metonomiya B)Metafora C)Sinekdoxa D)vazifadoshlik
5. Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. She’riy san’atni toping.
A)tazod,talmeh B) tajnis, iyhom C) tanosub, tashbeh D) tashxis, talmeh
6. Har gapida “habba” so’zini ishlatadigan qahramon? A)Muhammad Rajabbek B)Anvar C)Nasim D)Solih maxdum
7.Fonetik yozuv qoidasi so‘zga qaysi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali kuzatiladi?
A) so‘z o‘zgartiruvchi
B) so‘z yasovchi va shakl yasovchi
C) so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi
D) hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi
8. Bu g’azal matla’sida oshiq yorga ko’ngil bergan kunini”ne baloliq kun edikim”-deya ta’kidlaydi. Maqta’da esa ishtiqoq san’atining ajoyib namunasini yaratadi. Ushbu ma’lumot Navoiyning qaysi g’azali haqida?
A)”Qilg’il” radifli g’azali B)”Deyin” radifli g’azali C) “Bo’ldum sanga” radifli g’azali D) “Yo’q” radifli g’azali
9. Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘z qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi.
B) Bir nafasda olamni kezar.
C) Tilsiz aql o‘rgatar.
D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi
10. Xalq dostonlarining birida ifoda etilishicha, dor ostiga keltirilganda amaldorlarga qarab:”Men o’lmasam, o’z elimdan kechmayman!”-, deb qo’rqmasdan ayta olgan qahramon nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A) Qorajon B) Alpomish
C) Ravshan D) Kuntug’mish
11. Suv ichsam ham, chanqog‘im bosilmadi. Ushbu gapdagi chanqog‘im so‘zi asliga ko‘ra qanday fonetik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan?
A) 1 ta tovush almashishi
B) 2 ta tovush almashishi va 1 ta tovush tushishi
C) 1 ta tovush tushishi va 1 ta tovush almashishi
D) 2 ta tovush almashishi
12.“O’nashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan” maqoli qaysi asarda keltiriladi? A)Mehrobdan chayon B)Dahshat C)Qiyomat qarz D)O’g’ri
13. Quyidagi birikuvlarning qaysi birida tovush ikkilanishi vujudga keladi?
1) haq+egalik qo‘shimchasi; 2)achi+sifat yasovchi; 3)shu+jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi; 4)men+qaratqich, tushum kelishigi
A) 1,2 B) 2,4
C) 2,3,4 D) 2,3
14. Qaysi gapda jamlik ma’nosini ifodalovchi ot qo’llangan ?
A) Mirzacho’llar obod bo’ldi B) Bolalarning shovqinidan boshlarim og’rib ketdi
C) Ko’chaga qum to’kilgan D) Do’kondor suvlarni ko’rsatdi
15. Saodat opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytadi. Yuqoridagi gapda fonetik o‘zgarish nechta yasama so‘z doirasida kuzatiladi?
A) 3 ta so‘zda B) 1 ta so‘z
C) 2 ta so‘zda D) ushbu gapda yasama so‘z mavjud emas
16. Ikki tobut chiqdi bitta ko’chadan ,
Qazoga xos edi g’amgin manzara .
Kimlardir qarasa puchmoq g’o’shadan ,
Kimningdir qalbida silqidi yara . (A.Oripov) Ushbu to’rtlikning necha o’rnida ot turkumiga oid so’z qo’llangan ?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
17. Baland va chiroyli tog’lar… Ushbu gapdagi baland so’zining grammatik ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A)Belgi B)Sifat C)Oddiy daraja D)B va C
18. Qaysi so‘zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) manmanlik B) qamchin
C) ingichka D) tartib
Do'stlaringiz bilan baham: |