Май 2021 10-қисм
Тошкент
amalga oshirilganligi bois, hamkorlikdagi harakat faoliyatining mazmuni va uning pedagogik
boshqarilishi inson shaxsiyatida o`zini jamoada qanday tutishini bilishiga, uning maqsadalariga
bo`ysunishiga, uni himoya qilishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
O`yinlarda, musobaqalarda raqibga, jamoadagi sherigiga, hakamlarga maxsus munosabatlar
shakllanib boradi. Sport etikasi sport faoliyati jarayonida belgilangan qoida va xulq-atvor
qoidalariga amal qilish bilan bog`langan bo`lib, unda ushbu axloqiy sifatlar mustahkamlanadi:
og`ir-vazminlik, kamtarlik, nafaqat raqiblariga balki insonlarga ham hurmatda
bo`lish,adolatsizlikka hamda sport turlaridagi g`irrom vaziyatlarga qarshi tura olish, mehnatsevarlik,
intizomlilik – ushbu sifatlarni tarbiyalash barcha jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida
hamisha alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Inson turli-xil jismoniy mashqlarni egallashi va faol ishlata olishi orqali o`zining jismoniy
holati va tayyorgarligini yaxshilaydi, jismoniy jihatdan mukammallashib boradi. Jismoniy
mukammallik shaxsning tabiiy kuchini to`liq amalga oshirish imkoniyatini beradi, jamiyatga
zarur bo`lgan va unga kerakli bo`lgan ijtimoiy-mehnat faoliyati turlarida muvaffaqiyatli ishtirok
etishni ta’minlab beradi[3].
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 20 sentyabr kuni jismoniy
tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda jismoniy tarbiya
va sportning jamiyat hayotida tutgan o`rnini alohida ta`kidladi: “Biz xalqaro sport maydonlarida
Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirishga katta hissa qoʻshgan sportchilarimiz bilan
faxrlanamiz.
Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga
ham katta eʼtibor berishimiz kerak”. Aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport
bilan shugʻullantirish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilmayotganligi, darsdan tashqari vaqtlarda taʼlim
muassasalaridagi sport obyektlaridan barcha yoshdagi odamlarning foydalanishi yetarli darajada
tashkil etilmaganligini, shuningdek korxonalar, taʼlim muassasalari, istirohat bogʻlarida ommaviy
badantarbiya va gimnastika mashgʻulotlarini oʻtkazish eʼtibordan chetda qolib ketayotganligini
qayd etdi.
Bunday mashqlarning inson salomatligi uchun foydaliligini targʻib qilish maqsadida doimiy
koʻrsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlanib, televideniye orqali namoyish etib borilish lozimligini
taʼkidladi. “Mamlakatimizda sportni ommalashtirish boʻyicha besh yillik milliy konsepsiya
ishlab chiqish zarur. Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanib, sogʻlom turmush
kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish
konsepsiyaning asosiy yoʻnalishi va natijasi boʻlishi kerak”, – dedi Prezident.
Jismoniy tarbiya va sport irodani, odamning maqsadga erishishga intilishini mustahkamlaydi,
qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan chidashga o`rgatadi, insonda g`alabaga bo`lgan ishonchni
shakllantiradi, Vatanimiz shon-shuhratini jahon hamjamiyati oldida ulug`laydi, yutuqlardan
faxrlanish hissini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarda faol hayotiy
pozitsiya, ma’naviyat, ezgulik va insoparvarlik tamoillarini tarbiyalash jismoniy tarbiya va sport
vositalari, shakllari va usullaridan foydalanishning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylanishi
kerak[3].
Фойдаланилган адабиётлар:
1. https://kun.uz/uz/news/2017/11/01/savkat-mirzieev-sport-soasi-bujica-jigilis-utkazdi.
2.http://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-olij-sportda-erishilgan-yutuqlar-
bilanchegaralanmasdan- ommavij-sportga-ham-katta-etibor-berishimiz-kerak.
3.http://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-olij-sportda-erishilgan-yutuqlar-
bilanchegaralanmasdan- ommavij-sportga-ham-katta-etibor-berishimiz-kerak.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |