81
Май 2021 10-қисм
Тошкент
NEMIS TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR QO’LLASH
Ibadullayeva Feruza Rustamovna
Xorazm
viloyati Urganch shahar
11-son umumta’lim maktabining nemis tili fani o’qituvchisi
+998937413684
Annotatsiya:
ushbu maqolada nemis tili darslarida interfaol metodlar qo’llash va ularning dars
jarayonidagi o’rni muhokama qilingan.
Kalit so’zlar
: nemis tili,
interfaol metod, ta’lim, chet tili, metodlar.
Interfaol usullarini qo’llashda o’quvchilarning hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish
Interfaol metodlar ta’lim jarayoni
ishtirokchilarining birgalikda,ya’ni o‟zaro hamkorlikdagi
faoliyat yuritishiga asoslanadi.Bunda o;quvchilar
va talabalar an;anaviy ta’limdagi kabi faqat
tayyor bilimlarni eshitib qabul qiluvchi passiv obyektdan ta’lim jarayonida
bevosita ishtirok
etuvchi,mustaqil fikrlovchi faol subyektga aylanadilar. Ma’lumki,ta’lim jarayoni ikki tomonlama
harakterga ega bo’lib,o’qituvchi va o‟quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Hozigi
davr talabi o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlik munosabatini yo’lga qo’yish orqali
o’quvchi-talabalarning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va ularni faollashtirishdir.Interfaol
ta’lim jarayonini quyidagi ikki qismga bo’lish mumkin:
-o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligi; -o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi.
O’qituvchi bilan o’quvchilarning hamkorligi o’qituvchining o’quvchilarga ko’rsatadigan
yordamidan boshlandi. U asta-sekin faollashib,o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’zaro hamkorlik
pozitsiyasiga o’sib o’tadi.Ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorlik qilishi
katta ahamiyatga ega.O’quvchilarning fanga qay darajada ixlos qo’yishi o’qituvchinig mana
shu hamkorlik jarayonini yo’lga qo’yish
mahoratiga,ya’ni pedagogik ijodkorligiga bog’liq.
Jumladan,nemis tili darslarida interfaol usullar ko’pincha o’quvchilarning og’zaki nutqini
o’stirishga qaratiladi. Bunda kichik guruhlarga bo’lingan holda o’quvchilar hamkorligining yo’lga
qo’yilishi hatto bilimi bo’sh,nutqi sayoz o’quvchilarni ham o‟rtoqlari ko’magida nimanidir gapirib
berishga intilishiga,o’quvchini o’zi oldida turgan “tushunaman,ammo gapira olmayman” degan
nutqiy to’siqni yengib o’tishiga va o’zidagi ichki imkoniyatni yuzaga chiqara olishiga yordam
beradi. O’quvchilarning juftliklarga bo’linib ishlashlari jarayonida (savol-javoblar,dialogik
suhbatlar,rolli o’yinlarni tashkil etishda)faol o’quvchi bilan nofaol o’quvchining
doimiy
hamkorligini ta’minlashga,hatto uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda ham ham faol o’quvchiga
homiylik vazifasini yuklash orqali ularning muntazam hamkorlikda ishlashini tashkil etish orqali
faol o’quvchilarni o‟qituvchining yordamchisiga aylantirishga erishish mumkin.
O’zaro musobaqa,fikrlarni bayon etish va tushuntirishga doir usullar. Bunday usullarga “Anj
uman”,”Musobaqa”,”Tanlov”,”Sinov”,”Yuzma-yuz” kabilarni kiritish mumkin. Masalan,”Sinov”
usulini qo’llashda o’quvchilarga test kartochkalari tarqatiladi.Ushbu kartochkalar faqat o’rganilgan
mavzuga oid bo’lib,unda testlar oddiydan murakkabga qarab tuzilishi lozim. Bunday testlar orqali
o’quvchilarning erkin fikrlash qobiliyati o’sib,ingliz tiliga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Interfaol
usullarning ta’limiy xususiyatlari quyidagilarga bo’linadi.Bunda interfaol usullar ta’limda subyekt-
obyekt faoliyatini ifodalaydi. 1.O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish:sinf o’quvchilari
kichik guruhlarga bo’linib,guruhlararo muloqot,bahs-munozara orqali ta’lim beriladi. 2.Interfaol
usullarning ta’lim oluvchilarga yo’naltirilganlik xususiyati,ya’ni shaxsga yondashuvchanligidir.
Interfaol usulning bu xususiyati o’quvchilarning
yakka tartibda,guruh shaklidagi o’zaro
hamkorligini ifodalaydi.Bunday faoliyatda o’quvchilarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi
Interfaol usullar o’quvchining odobli,tartibli bo’lishi,har bir fikrni o’ylab,dalil-isbotlar asosida
ifodalashga o’rgatadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki,o’qituvchi mavzuning o’quvchiga
to’la tushunarli bo’lishini ta’minlash uchun dars jarayonida interfaol usullar va innovatsion
pedagogik texnalogiyalardan foydalanish,ta’lim samaradorligining yanada oshishiga katta hissa
qo‟shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: