Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy xo’jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntiring.
2. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?
3. Keyingi (so’nggi) qo’shilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va uning pasayish sababini tushuntiring.
4. Tovarlarning qiymatini aniqlashga bo’lgan quyidagi fikrlarga o’zingizni munosabatingizni bildiring:
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
b) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;
v) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
5. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntirib bering.
6. Oltin pul va qog’oz pul o’rtasidagi umumiylik va farqlarini ko’rsatib bering.
7. Qog’oz va kredit pullarning qadr–qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?
MAVZU: BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TISh DAVRI VA UNING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI.
SAVOLLAR:
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari.
O’tish darining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari.
Respublikada bozor isloxatlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari.
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |