7.Investisiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investisiyalar– asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investisiya nominal investisiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investision resurslar real investisiya deyiladi.
Investisiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar - investision faoliyat, investisiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investisiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik subyektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investisiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investisiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir subyektda mujassamlashadi.
Investisiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizasiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligasiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
- davlat byudjeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
Investisiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investisiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investisiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.
Investisiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori hisoblanadi.
Investisiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o’zgarishlar.
Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investisiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investisiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investisiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investisiyalarjoriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizasiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investision tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.Sof investisiyalaresa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investision tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investisiya yalpi investisiya bilan amortizasiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investisiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.
Соф инвестициялар
Капитал
Yalpi
Амортизация
investisiyalar
Истеъмол ва давлат сарфлари
ҳажми
Капитал ҳажми
Do'stlaringiz bilan baham: |