Gormonlar (yun. hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi.________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ҳазм шираси Meʼda shirasi — meʼda (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar (asosan, pepsin va boshqalar) bor. Odam Meʼda shirasidagi xlorid kislota konsentratsiyasi 0,4—0,5% ga teng . Xlorid kislota ovqatni oʻzlashtirishda muhim rol oʻynaydi. U ovqat luqmalarini namlab yumshatadi, Meʼda shirasining fermentlarini faollashtiradi, mikroorganizmlarni oʻldiradi, meʼda osti bezining fermentlar ishlab chiqarishini kuchaytiradi, ovqat hazm qilish gormonlarining hosil boʻlishiga yordam beradi.___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Эритроцит Eritrotsitlar (yun. qizil va hujayra) — qizil qon tanachalari, qonning shaklli elementlari; tarkibidagi gemoglobin qonga qizil tus beradi. E., asosan, organizm bilan atrof muhit oʻrtasidagi gazlar almashinuvini, yaʼni nafas olishni taʼminlaydi. Kislorodni oʻpkadan organizmning barcha toʻqimalariga yetkazib beradi. E. qonning boshqa funksiyalarida ham ishtirok etadi.
Odam E.ining diametri 7—8 mk, qalinligi 2—2,5 mk, ikki tomoni botiq, yumaloq, yadrosiz hujayralardir. Koʻmikning miyeloid toʻqimalarida hosil boʻladi. Sogʻlom odamning 1 mlk qonida 4—5 mln. eritrotsit bor; erkaklar qonining 1 mlk da 4,5—5 mln., ayollar qonining 1 mlk da esa 4—4,5 mln. E. boʻladi. E. miqdori hamisha bir xil turmaydi, baʼzi fiziologik sharoitlarda, jismoniy ish vaqtida, baland joylarga chiqilganda, shuningdek, ayrim kasalliklarda ular miqdori oʻzgaradi. E. miqdorining ortib ketishi eritrotsitoz, kamayib ketishi esa eritropeniya deb ataladi.
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
2-топшириқ. Венн диаграммасини мос ҳолда тўлдиринг.
Қоннинг вазифалари
|
Скелетнинг вазифалари
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |