Mahsulotning hayotiy davrini baholash Mahsulotga bo‘lgan standartlarga ekologik talablar



Download 157,58 Kb.
bet1/3
Sana09.09.2021
Hajmi157,58 Kb.
#169292
  1   2   3
Bog'liq
Ekologik m(1)


Farg`ona Politexnika Instituti 64-17M guruh talabasi

Dehqonova kmaolaning Ekologik menejment fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi

Mavzu:Maxsulot ekologik hayotiy davrini baholashning iqtisodiy mohiyati

Reja:

1. Mahsulotning hayotiy davrini baholash



2.Mahsulotga bo‘lgan standartlarga ekologik talablar

3. Ekologik tamg‘alash

1.Mahsulotni hayotiy davrini baholash

Mahsulotni hayotiy davrini baholash — mahsulotning butun hayotiy davri davomida atrof muhitga ta’siri ko‘rsatkichlari tahlilini — mahsulot tizimi ko‘rinishida taqdim etilgan, xom-ashyo materiallarini olishdan boshlab, ishlab chiqarish, ishlatish va utilizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Mahsulot tizimining chizmasi 1 rasmda keltirilgan.

Mahsulot tizimi — berilgan funksiyalarni bir yoki undan ortig‘ini bajaruvchi yarimfabrikatlar oqimi bilan o‘zaro bog‘liq ayrim jarayonlarning yig‘indisidir. Mahsulot tizimini ta’riflash — birlamchi jarayonlarni ta’riflashni, elementlar oqimlarini va tizim chegarasidan tashqaridagi mahsulot oqimini, shuningdek tizim ichidagi yarimfabrikatlar oqimini ta’riflashni o‘z ichiga oladi.

Mahsulot tizimlari birlamchi jarayonlar yig‘indisiga bo‘linadi. Ayrim jarayonlar o‘zaro yarimfabrikatlar oqimi va yoki qayta ishlash uchun mo‘ljallangan chiqindilar oqimi, boshqa mahsulot tizimlaridagi mahsulot oqimi va atrof muhit bilan elementlar oqimlarida birlashadi.

Birlamchi jarayonga kiruvchi elementar oqimlar, masalan xom neft va elementar oqimlarning quyosh nurlanishi, birlamchi jarayondan chiquvchi — atmosferaga tashlamalar, suvga tashlamalar va nurlanishlar, yarimfabrikat oqimlari — xom-ashyo materiallari va yig‘malar hisoblanadi.

Hayotiy davrni baholashni tadqiqot qilish sohasini aniqlashda mahsulotni funksional tavsiflariga talablar aniq belgilanishi kerak. Funksional tavsiflar aniqlanadigan va o‘lchanadigan kattaliklar hisoblanadi.

Mahsulotni funksional tavsiflari — kiruvchi va chiquvchi oqimlarning miqdoriy baholanishini aniqlaydi.

Funksional tavsiflarini aniqlash uchun, funksiyani bajarish talab etiladigan mahsulot miqdorini aniqlashbkerak. Bunday miqdoriy aniqlashlarni natijasi bazaviy oqimdir.Bazaviy oqim tizimning kiruvchi va chiquvchi oqimlarini hisoblash uchun ishlatiladi. Tizimni taqqoslash,ularning bazaviy oqimlari ko‘rinishidagi, miqdoriy jihatdan bitta funksional tavsiflanadigan, bitta funksiya asosida bajariladi.

Modellashtirilayotgan tizimga kiritiladigan tizimning chegaralarini birlamchi jarayonlar aniqlaydi.Mahsulot tizimining modeli V ilovada keltirilgan.

Mahsulotning hayotiy davrini baholash uchun hayotiy davrining quyidagi bosqichlari, birlamchi jarayonlari va oqimlari hisobga olinadi:

-ishlab chiqarish/qayta ishlash jarayoni asosiy ketma-ketligining kirish va chiqish oqimlari;

-taqsimlash/transportda tashish;

-yoqilg‘i, elektr va issiqlik ishlab chiqarish va ishlatish;

-mahsulotdan foydalanish;

-mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini olib tashlash;

-o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan mahsulotni utilizatsiya qilish (ikkilamchi ishlatish, qayta davrdan o‘tkazish va chiqindilarni utilizatsiya qilish hisobiga energiya olishni o‘z ichiga oladi);

-qo‘shimcha materiallarni ishlab chiqarish;

-yoritish, isitish kabi qo‘shimcha ishlar;

-ta’sirlarni baholashga taalluqli boshqa omillar (agarda ular mavjud bo‘lsa).

Qaysi kirish oqimlarini ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagi mezonlar ishlatiladi:

a)massa;

b) energiya;

v) ekologik xavfsizlik.

a) massa — massasini mezon sifatida ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, modellashtirilgan mahsulot tizimi massasining kirish oqimidagi ulushi yo‘l qo‘yilgan qiymatdan oshmaydigan barcha kirish oqimlarini tadqiqot qilishga to‘g‘ri keladi;

b) energiya — mezon sifatida ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, tadqiqotlarga barcha kiruvchi ekologik oqimlarni kiritishga to‘g‘ri keladi.

v) ekologik xavfsizlik — uni mezon sifatida ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, tadqiqotlarga, kirish oqimlarda modellashtirilayotgan mahsulot tizimining massasi yo‘l qo‘yilgan qiymatdan oshmaydigan ulushga ega bo‘lgan kirish oqimlarini kiritish kerak.

Ushbu mezonlar, chiqindilarni qayta ishlashning yakuniy jarayonlarini o‘z ichiga olgan, atrof muhitga

chiqadigan, hisobga olinadigan chiquvchi oqimlarni identifikatsiyalashda ishlatiladi.

Sifatga bo‘lgan talablar ma’lumoti quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

-qamrab olinadigan vaqt davri;

-geografik sharoitlar;

-ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va haqqoniyligi;

-usullarning kelishilganligi va aks ettirilishi;

-axborot manbalari va ularning haqqoniyligi;

-ma’lumotning noaniqlik darajasi.


Download 157,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish