3. Ekologik tamg‘alash
Ekologik tamg‘alash — bu iste’molchiga mahsulot va xizmatlarning ekologik jihatlari to‘g‘risida ishonchli, aniq va haqqoniy ma’lumotni yetkazish, shu bilan birga, ma’lum bir turdagi mahsulot guruhi doirasida ekologikligi bilan afzal ko‘riladigan mahsulotni identifikatsiyalashdir.
Shuningdek, ekologiklikni bevosita yaxshilash maqsadida bozor mexanizmini ishlatib, atrof muhitga kam vazifa yuklovchi mahsulot va xizmatlarni talab etish va yetkazib berishni osonlashtiruvchi hayotiy davrning barcha bosqichlarida atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishini kamaytiradi.
Ekologik tamg‘alash uchta turga bo‘linadi:
I-tur bo‘yicha tamg‘alash ekologik sertifikatlashtirish idorasi tomonidan mahsulotni sertifikatlashtirish natijalariga ko‘ra o‘zlashtiriladigan ekoxavfsizlik belgisini qo‘yish. Ushbu tamg‘alash ariza beruvchining muvofiq dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi. I-tur bo‘yicha tamg‘alash dasturi, ariza beruvchini, mahsulotni ekoxavfsizlik belgisi bilan tamg‘alash imkoniyatini shartlovchi, ma’lum bir mezonlarni qoniqtirishini talab etadi.
II-tur bo‘yicha tamg‘alash, mahsulotni ma’lum bir ekologik me’yorlarga muvofiqligini o‘z-o‘zini deklaratsiya qilishidan iborat;
III-tur bo‘yicha tamg‘alash I-tur tamg‘alash bilan o‘xshash, lekin mahsulotning hayotiy davri bosqichlaridagi ekologikligi tavsiflari to‘g‘risidagi aniq bir miqdoriy ma’lumot bilan bog‘liq.
Ekologik tamg‘alash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Ekologik belgilar va yorliqlar aniq, tekshiriladigan bo‘lishi, mo‘ljallanishiga muvofiq bo‘lishi va yanglishtirilmasligi kerak. Ekologik belgilar va yorliqlar muvofiq tabiiy resurslarni qazib olishning, ishlab chiqarishning, taqsimlashning, mahsulot va xizmatlardan foydalanishning, utilizatsiya qilishning haqiqiy sharoitlariga tegishli bo‘lgan ekologik jihatlarni tavsiflashi kerak. Ma’lumot yig‘ish chastotasi innovatsion davrlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Ma’lumot, iste’molchining mahsulot tanlashini qiyinlashtiruvchi, ekologik belgilar va yorliqlar maxsus ekologik bilimlar talab etmaydigan darajada aniq bo‘lishi kerak.
ekologik belgining ilova hujjatidagi mahsulotni ekologikligi to‘g‘risidagi ma’lumot, bevosita tamg‘alashni qo‘llagan ishlab chiqaruvchi tomonidan iste’molchiga taqdim etilishi kerak.
Ekologik tamg‘alash, ishlatilayotgan natijalarni yetarlicha aniq va ishlab chiqilganligini isbotlovchi ilmiy metodologiyaga asoslanishi kerak. Ilmiy metodologiya mahsulot hayotiy davrini ko‘rib chiqishni, ekologik xavfni baholashni, sinov natijalarini ishlab chiqishni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Ekologik tamg‘alashni ta’minlash uchun foydalaniladigan ma’lumot (jarayonlar, metodologiya, mezonlar) barcha manfaatdor tomonlar talablari uchun yetarlicha bo‘lishi kerak. Bunda, ma’lumotning maxfiy xarakteri bilan bog‘liq, intellektual mulkchilikni muhofaza qilish yoki o‘xshash qonuniy cheklashlar bo‘lgan aniq ma’lumotga yetishish uchun cheklashlarga rioya qilish kerak.
Ekologik tamg‘alash mahsulot hayotiy davrining barcha bosqichlarida ekologiklik tavsiflarini hisobga olishi kerak. Mahsulot yoki xizmatlarning hayotiy davri xom-ashyo materiallarni olish va yetkazib berish yoki tabiiy resurslarni qazib olish jarayonlaridan to yakuniy bosqichgacha — chiqindilarni utilizatsiya qilish va joylashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Hayotiy davrni ko‘rib chiqish atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni hisobga olish imkonini beradi.
Ekologik tamg‘alash to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etish to‘g‘risidagi turli ma’muriy talablar, qo‘llaniladigan mezon yoki ekologik tamg‘alash bo‘yicha standartlarga muvofiqligini baholash zaruriyat bilan cheklanishi kerak. Bu kichik va yirik tashkilotlarni, kichik biznes subyektlari uchun malol keladigan, qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun asossiz sarflarni ham o‘z ichiga olgan holda, imkoniyatlarini tenglashtirishga xizmat qiladi.
Ekologik tamg‘alashni jarayonlari va mezonlari savdoda qo‘shimcha to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi, o‘zimizning yoki xorijiy mahsulotni sotib olishda huquqiy jihatdan tengsizlikni yuzaga keltirmasligi kerak. Ushbu tamoyil Butunjahon savdo tashkilotining vakolatiga kirgan.
Ekologik tamg‘alashning maqsadi — mahsulotni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan atrof muhitga zarar keltirishni kamaytirishga xizmat qilish. Manfaat — ekologikligini tavsiflovchi arizalarni yanada aniq, tekshirilgan va haqqoniyligidadir. va haqqoniyligidadir.
Keng tarqalgan ekologik arizalarga, ko‘p ishlatiladigan quyidagi atamalar kiradi:
-komposterlangan;
-inqirozini (degradatsiya) tasdiqlash;
-ishlab chiqish hisobga olingan holda loyihalangan;
-xizmat qilish muddati uzaytirilgan mahsulot;
-qayta tiklanuvchi (regeneratsiyalanagan) energiya;
-qayta davrlanadigan;
-tarkibni qayta davrlash;
-resurslar iste’molini pasaytirish;
-suv iste’molini pasaytirish;
-ko‘p marotaba ishlatiladigan va ko‘p marotaba to‘ldiriladigan mahsulot (o‘rab joylash);
-chiqindilar miqdorini kamayishi.
Ekologik arizalarda, mahsulot ekologik foydali yoki ekologik jihatdan maqbul kabi noaniq va keng izohlanadigan sharhlarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli arizalarda “ekologik xavfsiz”, “ekologik jihatdan maqbul”, “tuproq uchun maqbul”, “ifloslantirmaydigan”, “yashil”, “tabiat uchun foydali” va “ozon qatlami uchun foydali” kabi ifodalar ishlatilmasligi kerak.
MAHSULOT TIZIMI
MAHSULOTNING HAYOTIY DAVRI CHIZMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |