- sanoat saloxiyatidan foydalanishni yaxshilash, innovatsion faoliyat va korxona
rivojlanishining ilmiy-texnik qo’llab-quvvatlash.
Sifat borasidagi Evropa siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1) kooperatsiya va o‘zaro to’ldirish;
2) bazali yondoshuv;
3) ijtimoiylik;
4) strukturalilik;
5) yangi sifat konsepsiyasidan foydalanish
6) internatsionalizatsiya.
Yuqoridagi tamoyillar asosida Evropa sifat dasturi EQP (European Quality Programm) yaratilgan.
Dasturning asosiy maqsadi – ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash natijasida raqobatbardoshlikni oshirishga yo’naltirilgan Evropa Hamjamiyati (EX)ning butun Iqtisodiyotini say-harakatlarini birlashtirish.