6.4. Chigitning namligini aniqlash
Namlikni aniqlashdan maqsad - quritish shkaflari va quritish apparatlaridan
foydalanib, chigitning quritishgacha va quritishdan keyingi massaviy nisbatlarini
foizlarda belgilashdir.
Chigitning namligini aniqlash uchun O‘zDSt 598-raqamli Davlat standarti
bo‘yicha namuna tanlanadi va O‘zDSt 600 - raqamli Davlat standarti bo‘yicha
namlikning massaviy nisbati aniqlanadi.
Ushbu standart yog‘-moy sanoati korxonalarida qayta ishlab chiqarish uchun
keltiriladigan chigitga joriy qilinadi va qiymatlarning 0-50 % gacha bo‘lgan oraliq
qiymatida (arbitraj) quritish shkafi va qiymatlarning 0-15 % gacha bo‘lgan oraliq
qiymatida termonam o‘lchagich qo‘llab, namlikning vazniy ulushini aniqlash
usullarini o‘rnatadi.
Bu standartlardagi talablar majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |