Bog'liq mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
va sinov o‘tkazish Namuna olish va sinash o‘tkazishdan maqsad - toylangan tola va toyning
ma’lum joyidan bir paytda olingan paxtani va nuqtadan olingan namunalarni
birlashtirishni va sinash o‘tkazishni bajarishdan iborat.
Namunani olish tartibi va tanlab olish usullari O‘z DSt 614-standartida aniq
ko‘rsatib berilgan.
Ushbu standart namuna olish usullarini va sinash o‘tkazish uchun tayyorgarlik
ko‘rish tartibini belgilaydi va standart talablari majburiy hisoblanadi.
Namunalar quyidagicha ta’riflanadi:
Nuqtadan olingan namuna deganda toylanmagan tola yoki toyning ma’lum
joyidan bir paytda olingan paxta tolasi miqdori tushuniladi.
Birlashtirilgan namuna deb nuqtadan olingan namunalarning yig‘indisiga
aytiladi.
Sinash uchun namunaga esa birlashtirilgan namunadan olingan va belgilangan
usulga oid sinash o‘tkazish uchun tayyorlangan paxta tolasining miqdori kiradi.