76
yordamida sinashning an’anaviy usullari. Bunda paxta
tolasining turli toylaridan
yoki tekshirilayotgan andazaning turli joylaridan tanlab olingan namunalar
miqdorini ko‘p marotaba o‘rtacha holga keltirish va kamaytirish yo‘li bilan sinov
namunasi olinadi. Ko‘p mehnat va vaqt talab qilishi,
sinalayotgan namunaning
kam miqdori bilan ajralib turuvchi bu usullar paxta tolasini sertifikatlash maqsadlari
uchun yaroqsizdir. Mazkur usullar paxta xomashyosini baholashda, seleksiyachilar
ishida paxta korxonalarida va to‘qimachilik korxona-laridagi
texnologik jarayonni
nazorat qilishda qo‘llaniladi.
Mikroneyr ko‘rsatkichi - Mikroare (Mic) paxta tolasi namunasining havo
o‘tkazuvchanligiga qarab tolaning ingichkaligi va pishib yetilganligini ta’riflash.
Yuqori o‘rtacha uzunlik - Upper Half Mean Length (UHM) -tekshirilayotgan
namuna massasining yarmini tashkil qiluvchi eng uzun tolalarning o‘rtacha
uzunligi bo‘lib, duymda yoki mm da ifodalanadi. Bu atama mazmuni «Yuqori
yarim o‘rtacha uzunlik» deb qilingan noto‘g‘ri tarjimasidan ham ma’lum.
1/32 dyuymdan iborat shtapel uzunlik - Staple Length 32nds (Staple) -
tolaning uzunligi bo‘lib, u klassifikator tomonidan qo‘lda tortilgan parallel tolalar
shtapelini vizual, ya’ni ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadi va 1/32 duymda (masalan,
1/32), yoki kodda 1/32 oralig‘iga barobar
miqdordagi kodda aniqlanadi, ushbu
misolda -33 ga barobar.
O‘rtacha uzunlik - Mean Leng th (ML) - namunadagi barcha tolalarning
o‘rtacha uzunligi.
Uzunlik bo‘yicha bir xillik indeksi - Uniformity Index (Unf) -tolalar o‘rtacha
uzunligining yuqori o‘rtacha uzunlikka nisbati bilan belgilanuvchi ta’rif bo‘lib,
foiz hisobida ifodalanadi.
Kalta tolalar indeksi - Short Fiber Index (SFI) - namunadagi uzunligi
0,5 duymdan (12,7 mm) kalta bo‘lgan tolalar ulushi bo‘lib, foiz hisobida
ifodalanadi.
Nur qaytarish koeffitsiyenti - Reflectance (Rd)
- sinalayotgan paxta tolasi
namunasi yuzasidan qaytgan yorug‘lik miqdori, foiz hisobida ifodalanadi.
Sarg‘ishlik darajasi - Yellowness (+b) - sinalayotgan namuna tarkibida
77
sarg‘ishlik darajasi.
Tresh kod - Nrash Code (T) - notolaviy aralashmalar bilan ifloslanganlik
ko‘rsatkichi, iflos aralashmalar maydonini 10 ga ko‘paytirish yo‘li bilan
aniqlanadi. Masalan, agar iflos aralashmalar maydonining ulushi 0,4 % ni tashkil
etsa, Tresh kod 4 ga teng bo‘ladi.
Iflos aralashmalar maydoni - Trash Area (Area) - HVI tizimi-da o‘lchov
asboblari yordamida aniqlanadigan iflos
zarrachalarning umumiy maydoni, bu
namuna yuzasini skanerdlash yo‘li bilan aniqlanadi hamda tekshirilayotgan namuna
yuzasi maydoniga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi.
Iflos aralashmalar soni -Trash Count (Cnt) - namunadagi diametri 0,01 duym
(0,25 mm) va undan katta bo‘lgan alohida iflos zarrachalar soni.
Solishtirma uzilish kuchi - Strength (Str) - paxta tolasining pishiqligi bo‘lib,
kalibrlanuvchi paxtaning HVI gradiuirovkasida (HVI Calibration Cotton),
gs/teksda (cH/teks) ifodalanadi.
Uzilishdagi uzayish - Elongation (Elg) - HVI tizimidagi dinamometrda
tolaning uzilishidagi uzayishi, foizlarda ifodalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: