Bog'liq mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
О‘lchashni bajarish Namlikni о‘lchash tezkor usulda aniqlaydigan USX-I, VXS-I va VXS-MI
asboblarida bajariladi. О‘lchashga tayyor bо‘lgan asbobning quritish qismiga
tanlab olingan namuna bir tekis qilib yoyiladi va qopqoq yopilib, vaqt relesi ishga
tushiriladi.
Quritish boshlangandan 5 minutdan sо‘ng quritish kamerasi qopqog‘i ochilib
namuna chiqarib olinadi, tо‘kilgan iflos aralashma kurakcha va chо‘tka yordamida
yig‘ishtiriladi. Namuna bilan iflos aralashma, byuksaga joylanadi, qopqog‘i
berkitiladi va darhol massasi о‘lchanadi. Sо‘ngra bо‘shagan byuksa qopqog‘i
yopilgan holda о‘lchanadi. О‘lchashning xatoligi
±0,02 g.
О‘lchashlar soni kо‘p bо‘lganda va birinchi ikki-uch о‘lchashlarda bо‘sh
byuksaning massasi 0,01 g dan ortiq farq kilmasa, bо‘sh byuksa massasi
39
о‘lchanmasa ham bо‘ladi. Keyinchalik bо‘sh byuksaning massasi har 10
о‘lchashdan keyin tortib turiladi.