Ekologik sertifikasiyalashtirish maqsadi – tayyorlovchilar shunday
texnologik jarayonlarni yaratishi va mollarni ishlab chiqarishi kerakki, unda bu
narsalar atrof-muhitni kam darajada ifloslantirilishi, hamda inson salomatligiga
zarar yetkazmaydigan bo‘lishi shart.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ekologik sertifikasiyalashtirish rivojlanish
bosqichida turibdi, lekin bu yo‘nalishda bir qator ishlar olib borilmoqda.
ISO 14000 raqamli Xalqaro standart qabul qilindi. Bu standartda atrof-
muhitni boshqarish bo‘yicha va ekologik audit bo‘yicha rahbarlik ishlari yo‘lga
qo‘yiladi, natijada buning asosida ekologik sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish va
tashkil etish mumkin.
Agar korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar majburiy
sertifikasiyalashtirishning ro‘yxatida turgan bo‘lsa, unda sertifikasiyalashtirishdan
o‘tishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |