Quritish shkafida namlikning vazni ulushini aniqlash
Har bir namuna chigitni maydalash uchun ishlatiladigan taram- taram
valikli qurilma orasidan o„tkaziladi yoki temir havonchada maydalanadi.
Agar namlik 12 % dan yuqori bo„lsa (chigitlar maydalanmaydi), unda har
bir namuna qism quritish shkafida 110±1,5°C da bir soat mobaynida
quritilib keyin maydalanadi. Maydalangan namuna qismlar byuksga
solinadi. Ochiq byukslardagi namunalar 110±1,5°C gacha qizdirilgan
quritish shkafiga joylashtiriladi. 4 soatdan keyin byukslar chiqariladi,
ulaming usti yopilib, sovitish uchun 30 daqiqaga eksikatorga joylashtiriladi.
Namuna qismlar solingan byukslar sovitilgach, o„lchanadi, shundan keyin
bo„shatilgan byukslarning o„zi ham ikkinchi o„nli qiymatgacha aniqlikda
oichanadi.
USX-1 yoki VXS-MI rusumli termonamoichagichda namlikning
vazniy ulushini aniqlash. Ishga tayyorlangan termonamoichagichning
136
quritish zonasida chigitning namuna qismi bir tekis qilib yoyiladi, qopqogi
zich qilib yopilib, vaqtni 0„lchash relesining tugmasi bosiladi. Quritish
boshlangandan rosa 4 daqiqadan keyin quritish kamerasi ochiladi, namuna
byuksga yig„iladi, byuks berkitilib, 0„lchab quritiladi. So„ngra qopqoq bilan
yopilgan bo„sh byuks 0„lchanadi. Tortish ikkinchi o„nli qiymat
aniqligigacha o„lchanadi.
Katta miqdordagi o„lchovlarda boshidagi 2-3 marta oichan- gandagi
byuksning vazni 0,01 g dan ortiq o„zgarmasa, u holda qolgan olchovlarda
bo„sh byuks o„lchanmasi ham bo„laveradi. Keyinchalik esa bo„sh byuksning
vazni har 10 o„lchovdan keyin tekshirib turiladi.
Quritish shkafi yordamida o„lchovlar olib borilganda oxirgi natija qilib
bir vaqtning o„zida o„tkazilgan to„rtta o„lchovning o„rta arifmetik qiymati
olinadi.
0„Ichashning xatolik me‟yori
Quritgich shkaflari qoilab, namlikning vazniy ulushini aniqlash usulida
parallel quritilgan namunalar orasidagi tasodifiy xatolikni tashkil qiluvchi
o„rtacha kvadratik tafovut 0,1 abs. %;
—
ishonchlilik ehtimolligi 0,95 bo„lganda namlikni oichashda- gi
sistematik xatolik chegarasi 0,1 abs. %;
—
to„rtta parallel quritilgan namunalami aniqlashda oxirgi natijalar
orasidagi tafovut 0,5 abs. %.
Termonamo„lchagichlarida namlikning vazniy ulushini aniqlash
usulida parallel quritilgan namunalar orasidagi o„rtacha kvadratik tafovut
0,15 abs. %;
—
ishonchlilik ehtimolligi 0,99 boiganda namlikni oichashda- gi
tizimli xatolik chegarasi 0,5 abs. %;
—
ikkita parallel aniqlashning natijalari orasidagi ruxsat etilgan tafovut
0,5 abs. %.
Ta‟minlovchi va iste‟molchining laboratoriya tahlillarining natijalari
o„rtasidagi tafovut 0,5 % dan oshmasligi kerak.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |