Kalit so’zlar. Attestatsiya, attestatsiya turlari, birlamchi attestatsiya, davriy attestatsiya, navbatdan tashqari attestatsiya.
Nazorat savollar.
Sinov uskunasining attestatsiyasi nima?
Attestatsiya turlari.
Birlamchi va navbatdan tashqari attestatsiyalarining o’ziga xosliklari nimada?
Attestatsiya akkerditatsiyasidan nima bilan farq qiladi?
6-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Sinov jixozining attestatsiyasi
Sinov qurilmalarini attestatlashning tashkiliy-uslubiy asoslari. Ishning maqsadi: Sinov jihozi attestatsiyasining tashkiliy metodik asoslari.
Sinov jihozi attestatsiyasining tashkiliy metodik asoslari (1 bosqich)
Sinov ostidagi uskuna attestatsiyasini uning normallashayotgan aniq tavsifnomalari xaqida ob’ektiv ma’lumot olishning murakkab jarayoni sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu jarayonda quyidagi tashkiliy – metodik bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1 bosqich – vazifani belgilash;
2 bosqich – attestatsiyani tayyorlash va tashkillashtirish;
3 bosqich – attestatsiyaning dasturlarini va metodikalarini ishlab chiqish;
4 bosqich – attestatsiyani o‘tkazish;
5 bosqich – attestatsiya ma’lumotlarini tozalash va analiz qilish;
6 bosqich – attestatsiya natijalarini shakllantirish va qaror qabul qilish.
Keling ketma ket ravishda har bir bosqichni ko‘rib chiqamiz va bu bosqichlarda echilishi talab etilganvazifalarni shakllantiramiz.
1 bosqich – vazifani belgilash. Bu bosqichni reallashtirish uchun quyidagilar kerak:
1. Attestatsiyani maqsadini, uning vazifalarini va o‘tkazilishining o‘ziga xos tomonlarini aniq belgilash; mazkur punkt umuman attestatsiyaning turiga bog‘liq bo‘ladi ( birlamchi, davriy, navbatdan tashqari ) va buning natijasida uning o‘tkazilishining o‘ziga xosliklari, vazifalari va maqsadlari turlicha bo‘ladi.
2. Attestatsiya ob’ektini va o‘tkazish shartlarini aniqlashtirish, aniq mahsulot turlari tavsifnomalariga nisbatan quyilgan talablarni va vazifani o‘rganib chiqish, sinalayotgan tavsifnomalar parametrlarining mumkin bo‘lgan ma’nolarini aniqlashtirish, mahsulotlar va uskunalar sinovlari metodlariga NDni o‘rganish.
3. Attestatsiya bo‘yicha hisobotga bo‘lgan talablarni analiz qilish va uskunalarning normallashgan aniq tavsifnomalar ro‘yhatini va ularni aniqlanish ketma ketligini aniqlash.
4. Attestatsiya natijalari asosida mumkin bo‘lgan xulosalarni va ularning natijalarini baholash me’zonlarini shakllantirish.
5. Attestatsiyani o‘tkazishga ketadigan vaqt va material chiqimlarni oldindan hisob kitob qilib qo‘ymoq.