Haroratni qayd va regulirovka qilish. Ko‘p turdagi o‘lchov asboblari ichidan haroratni o‘lchash uchun ko‘pincha termoparlar ishlatiladi. Bu ularning oddiyligi, mustahkamligi va maqbul aniqliligi bilan tushuntiriladi.
Misol sifatida qayd qiluvchi va regulirovka qiluvchi uskunalar sifatida keng ishlatiladigan o‘lchovchi potensiometr sxemasini ko‘rib chiqamiz.kameradagi harorat termopar bilan nazorat qilinadi TP, termoparda yuzaga keladigan Nt K patensiometridan olinadigan Ni quvvati bilan to‘ldiriladi. A muvofiqlashmaslik signali (7, shu quvvatlarning xar xilligiga teng A [ /==[ / t - ^p), doimiy tokdan o‘zgaruvchi tokka vibroo‘zgargichga o‘zgaradi. Vibroo‘zgargich tomonidan ishlab chiqiladigan signal L belgisi bilan aniqlanadi. Olingan o‘zgaruvchan quvvat kuchayadi va M elektrodvigateli boshqaruv obmotkasiga BO beriladi. Elektrodvigatel aylanish yo‘nalishi shu signal fazasi bilan aniqlanadi va potensiometr surilgichi A^qayta moslashning kamayish signali tomonga o‘tib ketadi. Qachon DU nolga teng bo‘lganda dvigatel to‘xtaydi va ko‘rsatkichi shkalada o‘lchangan haroratni ko‘rsatadi.
18.7 rasmdagi sxemadan ko‘rinib turibdiki, dvijogi ko‘chishi uchun Ed kompensatsiya qiluvchi etalon manbadan ishlatilmaydi, balki o‘zgaruvchan quvvat tarmog‘idan oladi. SHuning uchun o‘lchaydigan patensiometr haroratni qayd qilish bilan birga bir vaqtning o‘zida regulirovka qilish uskunasi funksiyalarini bajaradi.
SHuningdek, qayd qilish va regulirovka qilish uskunasi sifatida keng tarzda avtomatik ko‘prik ishlatiladi. Ko‘prikning uskunasi avtomatik patensiometrga ko‘p tomonlama o‘xshaydi. 12.8 rasmida elektron avtomatik ko‘prikning uchta sim bilan (harorat kompensatsiyasi uchun) ko‘prikning bitta ekasiga qo‘shilgan parametrik D datchigi bilan ishlatilish sxemasi berilgan. Ko‘prikning energiya bilan ta’minlash o‘zgaruvchan quvvat orqali amalga oshiriladi. Patensiometr dvijogi orqali olinadigan razbalans quvvati fazaviy ta’sirchan kuchaytirgich orqali kuchayadi va M asinxron elektrodvigateli obmotkasiga beriladi. Dvigatel aylanib, patensiometr dvijogini ko‘prik balansga kelmaguncha joyidan ko‘chiraveradi. Dvijok ko‘rsatkichi shkalada o‘lchanayotgan parametr kattaliklarini belgilab boradi.