1920 – yillarda radiodetallar va radio apparatlar ishlab chiqaruvchilar soni ortib ketdi. Ular o‘z mahsulotlari sotuv hajmini oshirish uchun o‘z radiostansiyalari ochadilar va unda o‘z mahsulotlarini reklama qila boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan turli klublar, xususiy maktab va notijorat uyushmalar radioda reklamalar bera boshladilar. Radiodasturlarga homiylik qilish tobora kengayib borgani sari har bir radiodastur o‘z homiysiga ega bo‘la boshladi. Buning evaziga esa o‘sha radiodastur davomida homiy kompaniyani ko‘klarga ko‘tarib maqtashi kerak edi.Vaqt o‘tishi bilan radiostansiya egalari radiodasturlarga homiylik qilish huquqlarini qisqa muddatga avvalgidan kattaroq pul evaziga sota boshladilar. Keyinchalik esa bitta radioeshittirish davomida bir necha kompaniyalar va ularning mahsulot va xizmatlari yangray boshlaydi.
1940–yillar oxiri – 1950–yillar boshiga kelib reklamalarni berish televideniyelarga ko‘cha boshladi. Buyuk Britaniya Parlamenti radioni tijoratlashtirish va televideniyelarni notijoriy tashkiliy birlik sifatida qoldirishga harakat qildi. 1927–yili tashkil qilingan British Broadcasting Channel (BBC)50-yillarga kelib xususiy kapital kiritilishi oqibatida qisqa muddat ichida savdo-tijorat televidiniyesining reklama gigantiga aylandi. Jamoatchilik jamg‘armasi asosida federal hukumatni ko‘ndirgan holda Graham Spray CBC kanaliga kapital kiritdi va asos soldi. Biroq, 1934 – yilda AQShning Federal Kommunikatsiya Akti qabul qilinishi orqali reklama sohasida kapitalizm ta’siri boshlandi. Natijada AQSh Kongressi ”omma qiziqishi, qulayligi va ehtiyoji” bo‘yicha ish olib borishni talab qila boshladi. 1967–yilda Ommaviy Axborot Vositalari Akti qabul qilindi va bu Jamoatchilik OAV Xizmati va Milliy Xalq Radiosi asos solinishiga sabab bo‘ldi. 1950–yillar boshlarida Du Monttele tarmog‘i reklama vaqtini bir paytning o‘zida bir necha homiylarga sotish amaliyotini boshlab berdi. Dastlab, Du Mont bu usulni qo‘llashga qo‘rqib, faqat ba’zi teledasturlarga nisbatan reklama vaqtini bloklarga ajratib ko‘plab biznes reklamalariga sotdi. Keyinchalik uni ko‘paytirib borishi natijasida boshqa tijoriy televidiniyelar ham bu usulni o‘zlashtirib, uni yanada rivojlantirdi.