347
zanglamagan, suyuqlik to‗planadigan sig‗im toza bo‗lishi talab qilinadi. Bu holatlar
quduqdagi suyuqlikning tozaligini ta‘minlaydi.
1.Agarda qattiq zarraning diametri g‗ovaklik teshigining kirish o‗lchamidan
10% ga katta bo‗lsa, u holda quduqning tubini atrofi zonasida qatlamning
ifloslanishiga o‗rin bo‗ladi. Suyuqlikning tozaligini ta‘minlashda suyuqlikning tog‗
jinslari bilan kontaktlashuvining oldi olinadi.
Suyuqlikni qatlamga ketishini oldini olish uchun suyuqlik tog‗
jinsining
yuzasida yupqa o‗tkazmaydigan eritmali filtratsiya qobig‗ini tezda shakllantirishi
kerak.
Xuddi shunday holatlarda ham quduqlarni tugallashda ham suyuqlik
perforatsiya kanallariga tushmasligi kerak.
2.Quduqlarni uchirishda ta‘mirlash ishlari jarayonida yutilishni bartaraf
qilishda qatlamga suyuqlikning ketishini oldini olishda unga suvda eritilgan
to‗ldiruvchilar qo‗shiladi, suyuqlikning tarkibida keng o‗lchamli oraliqdagi hajmiga
nisbatan 5% dan ko‗proq qattiq zarralar bo‗ladi. Zarralarning diametri g‗ovaklik
kanallarining o‗rtacha o‗lchamlari chegarasida
polimerli malekulalarning
o‗lchamlarigacha qo‗shiladi. Bunda 25% dan kichik bo‗lmagan zarralarning
g‗ovaklik 1/3 o‗lchamidan oshmasligi ta‘minlanadi.
Tuzlarning kristali yoki neftda eritilagan voska yoki smolaning zarralar eng
qobiq shakllantirgich hisoblanadi qaysiki, ular qatlamning flyuidlarida yengil eriydi.
Kalsiy karbonatning zarralari juda samarali ya‘ni, ularni chiqarib yuborish uchun
kislotali ishlov berish yetarlidir. Kam o‗tkazuvchan tog‗ jinslarida qatlamga
suyuqlikni ketmasligi uchun ko‗piklar yoki qovushqoq suyuqlikdan foydalaniladi.
3.Minimal repressiya kattaligini paydo bo‗lishini oldini olishda ba‘zan
svabirlashga yo‗l qo‗yiladi va bosim kattaligi 1,4 – 2,1 MPa.ni tashkil qiladi.
Repressiya paydo bo‗lishining oldini olishda zarur
va past bosimli qatlamlarni
ochishda sirkulyatsiyani amalga oshirishda ko‗tilmagan murakkabliklar paydo
bo‗lganda avariyaning oldi olinishini kafolatlaydi.
4.Tog‗ jinsi bilan kontaktlashadigan suvli suyuqliklarning mineralizatsiyasi
xuddi qatlam suvlarining mineralizatsiya kabi bo‗lishi ya‘ni, mavjud bo‗lgan
g‗ovakliklarda qamlamni loylar bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaydi. Bunda ko‗pincha
NaSl dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Suvga sezgir bo‗lgan qatlamlarda
qimmat bo‗lmagan va juda samarali tanlov qatlamdan chiqqan suvlardan foydalanish
ya‘ni, neft bilan qazib olingan suv hisoblanadi. Juda sezgir tog‗ jinslarida loyli
barqarorlashtiruvchi – reagentlar qo‗llaniladi, agarda o‗larning
tejamkorligi kern
namunalari asosida tasdiqlangan bo‗lganda. Murakkab tarkibli suyuqlik va boshqa
har xil namokoblarning tuzlari NaCl ning eritmasiga nisbatan ularning tayyorlanish
jarayonida qattiq cho‗kmalarni va qatlam suvlari bilan kontaktlashganda cho‗kma
hosil qilmasligiga baho beriladi.
5.Suyuqliklarni haydash oldidan, oqimni chaqirishda, filtrni o‗rnatish yoki
quduqlarning mahsuldorligini oshirish bo‗yicha
olib borish jarayonlarning
o‗tkazishdan oldin quvurlar tozalanadi. Quduqlarni tugallash jarayonida
mustahkamlash kolonnasiga, quduqlarni tugallashda doloto va qirg‗ich tushiriladi.
Bularning
hammasi
kolonnani
perforatsiya
qilguncha
amalga
oshiriladi.
Ekspluatatsiya kolonnalarini tushirishda rez‘bali birikmalari moylanadi. Minimal
moylashdan NKQ va boshqa quvurlarni ham tushirishda foydalaniladi. Suyuqliklarni
haydash operatsiyasiga bog‗liq holda maxsus tozalangan quvurlar yoki egiluvchan
NKQlardan foydalnish varianti ko‗rib chiqiladi.
6.Quduqlarni uchiriishda har xil turdagi polimerlardan foydalaniladi.
Polimerlarni
tanlashda gidratatsiya, qoldiq qovushqoqlik kattaligi va qattiq
cho‗kindilardan keyin polimerlarni destruksiyalash muammolari ko‗rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: