433
XII – bob. MAHSULDOR QATLAMLARNING NEFTBERAOLISHLIGINI
OSHIRISHDA ZAMONAVIY USULLARNING QO„LLANILISHI.
12.1. Mitsellyar polimerli suv haydash usullarini qo„llanilishi
Bu usulning asosiy mohiyati neftning (k/m
n
) va siquvchi agentning (k/m
s.a.
)
harakatchanligini tenglashtirib, qatlamga ta‘sir qilib, qamrab olishni kuchaytirish
bilan tavsiflanadi. Buning uchun yuqori molekulali kimyoviy reagent polimerda
eritiladi (poliakrilamid), u juda kichik konsentratsiyada ham suvning qovushqoqligini
sezilarli
darajadi oshiradi, harakatchanligini esa pasaytiradi. Poliakrilomidning
eritmadagi konsentratsiyasi 0,01-0,1 % bo‗lganda, uning qovushqoqligi 3-4 mPa.s
gacha oshadi. Bunday ko‗rsatgichda qavushqoqlik oshganda neft va qatlamdagi
suvning qovushqoqlik nisbatlarini kamaytiradi, qovushqoqlikning yoki qatlamning
har
xilligi sababli, suvning qazib oluvchi quduqqa yorib kirishini kamaytiradi.
Polimerli eritmalar g‗ovaklik muhiti orqali filtratsiyalanish jarayonida zaxiraviy
qovushqoqlikni egallaydi, viskozimetr asbobi bilan o‗lchangan – qovushqoqlik
ko‗rsatkichidan 10-20 marta yuqori bo‗lishi mumkin. Shuning uchun polimerli
eritmalar har xil jinsli qatlamlarda yoki yuqori qovushqoqli neftlarda qo‗llanilganda
ularning qamrab olish ko‗rsatgichi samarali bo‗ladi.
Bundan tashqari polimerli eritmalar yuqori qovushqoqlikka ega bo‗lishi
bilan
birgalikda faqat neftni yaxshi siqmasdan g‗ovaklik muhitidagi pardali qatlam
suvlarini ham siqib chiqaradi. Polimerli eritmalar tog‗ jinsi va sementlashgan
moddalari bilan hamda g‗ovaklik muhitining yuza sirtiga cho‗kadi va kapillyar
kanallarni bekitadi yoki g‗ovaklik muhitidan suvni filtratsiya bo‗lishini
yomonlashtiradi.
Polimerli eritmalar yuqori o‗tkazuvchan qatlamlarga juda yaxshi kirib boradi,
natijada eritmaning qovushqoqligini oshishi va muhitning o‗tkazuvchanligini
kamayishining ikki karrali samarasining evaziga suv bostirilganda, qatlamni qamrab
olishi hisobiga suyuqlik oqimlarining dinamik har xilligi amalda kamayadi.
Amalda polimer eritmalar g‗ovaklik hajmining 40-50 % o‗lchamida hoshiyali
ko‗rinishda qo‗llaniladi. Hoshiyalarning o‗lchamlari eritmaning
konsentratsiyasi va
polimerning turi, qatlamning har xilligidan (noyaxlitligidan), g‗ovaklik muhitning har
xilligidan va qatlam suvining tuzlilik tarkibidan kelib chiqib tanlanadi. Polimer
eritmalari qatlamning tuzli suvlari bilan birgalikda siljiganda (ko‗chganda)
eritmaning tuzilmasi (molekulasi) parchalanadi va uning qovushqoqligi pasayadi.
Suvning mineralligi yuqori bo‗lganda eritmaning konsentratsiyasi undan 2-3 marta
yuqori bo‗lishi kerak [17,28].
Hoshiyalar quyuqlashgan suv bilan keyin esa oddiy suv bilan siljiydi. Polimerli
suv haydash qatlamning neftberaoluvchanligini oshirishda eng istiqbolli usul
hisoblanadi. Shuning uchun uning qo‗llanilish sohasi kengdir. Lekin bu usul katta
kamchilikka ega bo‗lganligi uchun uning keng miqyosda qo‗llanilishi
chegarlangandir. Bu usulning asosiy kamchiligi qovushqoqlikni
keskin oshishi
evaziga haydovchi quduqlarning mahsuldorligi tezda kamayadi. Shuning uchun
hamma vaqt ham polimer molekulalarini tuzilmasini parchalanishini haydash
bosimini oshirish hisobiga to‗ldirib bo‗lmaydi. Suvli eritmadagi polimer
molekulalarini har xil omillar ta‘sir etishi natijasida ularning tuzilmasi tiklanmas
darajada buziladi. Tuzilmaning buzilishi polimerning
molekulyar massasini
kamaytiradi, quyuqlashish xususiyati evaziga uni siquvchi agent sifatida samarali
qo‗llanilishining asosidir.
Tuzilmani buzish
– kimyoviy, issiq, mexanik va mikrobiologik usullarda
amalga oshiriladi. Kimyoviy usulda tuzilmani buzish havo kislorodini polimer
molekulalari bilan o‗zaro reaksiyasi jarayonida sodir bo‗ladi. Shuning uchun polimer
eritmasini tayyorlashda foydalaniladigan suvning tarkibida kislorod bo‗lmasligi
kerak. Haroratning kattaligi 130oSdan yuqori bo‗lganda issiqlik ta‘sirida
tuzilmani
parchalanishi sodir bo‗ladi. Polimerli eritmalar quvurlar, nasoslar orqali va quduq
tubi zonasida katta tezlikda harakatlanganda polimer makromolekulalarining
mexanik parchalanishi sodir bo‗ladi. Aerobli bakteriyalar suv bilan qatlamga
bostirilganda neft oksidlanadi va uning evaziga
polimer molekulalarining
mikrobiologik buzilishi sodir bo‗ladi. Shuning uchun chuqur joylashgan qatlamlarda,
kam o‗tkazuvchan yotqiziqli kollektorlarda va yuqori haroratli qatlamlarda polimerli
eritmalardan foydalanishning imkoniyati yo‗q. So‗nggi bosqichda ishlatilayotgan
konlarda va yuqori tarkibli tuzli qatlamlarda bu usulni qo‗llash kam samaralidir.
435
Sanoat miqyosida polimer eritmalarini qo‗llashda mukammal, ishonchli va
ishlatishda sodda bo‗lgan qurilmalar hamda tayyorlash uchun to‗g‗ri keladigan
suvlarning bo‗lishi talab qilinadi. Lekin bunday texnik muammolar to‗liq hal
qilinmagan, ayniqsa suvni tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: