USTOZ
Ustozim Kamol Fayzullayevga
Ey mening hayot yo‘lim chirog‘i – shami ustoz,
Ey mening umid gulim obi zamzami ustoz.
Bu dunyo bir karvon-u siz unda mohir sarbon,
Bu hayotda otamdek mushfiq, mehribon ustoz!
Tavof aylay izlaringiz, qiblagoh – otam, siz ham,
Ne yutuqqa erishsam sababsiz chunki siz ham.
Bu dunyoni mehr ushlab turibdi azal – abad,
Shu mehr chorbog‘iga siz mohir bog‘bon ustoz!
Bu kun aytay dilda borim – siz buyuk iftixorim,
Pir-u murshidim, hazratim, rahbarim, qadr-u orim.
Dunyo atalmish bu ro‘yo, siz unda sochib ziyo,
Porlovchi Quyosh go‘yo, rahnamo har on ustoz!!!
… Hamma havas qilishga arziydigan, umri IBRAT SOHILI yanglig‘ faqat maftunkor, go‘zal manzaralar, go‘zal xotiralarga boy ustozimizni har ikki dunyosini, ruhi ravonlarini Mehribon Allohimiz rahmat daryosiga g‘arq aylasin! Bu go‘zal umr sahifalaridan ibrat olib yashay olish baxtini bizlarga ham(barchamizga) Allohimiz O‘zi nasibi ro‘z aylasin! Iloho, omin, yo Rabbil olamiyn!!!
Ortiq Ali Behutov,
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 103-umumta’lim
maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ`ibotchisi.
2 – 10-noyabr, 2020-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |