Mahoratli ustozning ibratli hayot yo‘li mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar



Download 34,08 Kb.
bet3/4
Sana05.06.2022
Hajmi34,08 Kb.
#638066
1   2   3   4
Bog'liq
Qash-k xalq ta\'limi fidoyilari-2

IBRAT SOHILI
(Ustoz Kamol Fayzullayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi)


Har dil ham she’r bo‘lib nur socholmaydi,
Dunyo topiladi, ammo odam topilmaydi…
(Sirojiddin Sayyid)

Yaxshilar yodi, xotirasi qalblarda mangu yashaydi. Zero, ular qilgan, qilib ulgurgan yaxshi, savobli amallarga havas qilsak, ibrat olsak arziydi. Ustoz Kamol Fayzullayev o‘zining nodir shaxsiyati, rahbarlik qobiliyati, yuksak insoniy fazilatlari va go‘zal amallari bilan nafaqat o‘qituvchilar jamoasida, balki barcha katta-yu kichik odamlar orasida yorqin ibrat namunasi bo‘lib qoldi(Afsuski, endi shunday deyishga majburmiz).


Ustoz Kamol Fayzullayev 1958-yilning 15-fevralida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Terak qishlog‘ida tavallud topganlar. 1990-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining geografiya fakultetini tugatib shu yildan boshlab Yakkabog‘ tumanidagi 76-, 30-, 31-, 103-maktablar hamda Agrobiznes kasb-hunar kollejlarida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida ishlagan. Ustoz ko‘p yillik pedagogik faoliyati davomida Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va TXTB faxriy yorliqlari hamda diplomlari bilan taqdirlangan.
Endi ustozning rasmiy tarjimayi holidan ham ko‘ra ibratlarga to‘la hayotiy, insoniy saboqlariga e’tiborimizni qaratsak…
Ustoz bizga eng avvalo, hozirgi kunimizda suv va havodek zarur bo‘lgan insonparvarlikni, insoniylikni ibrat qilib qoldirdi. Esimda, navbatdagi pedagogik kengashlarning birida ustoz “Azizlar, nasib bo‘lsa barchamiz ham nafaqaga chiqamiz, shu nafaqaga chiqayotganlarni munosib taqdirlash maqsadida, “Faxriylar – faxrimiz” nomli xotira daftari tutsak, nima deysizlar?”, – deya taklif bildirgandilar. Shu taklif bahonasida “Faxriylar – faxrimiz” xotira daftari nashr qilina boshladi va uning birinchi soni ustoz Olim To‘xtayevga berildi. Hamma o‘z dil so‘zlarini yozib bo‘lgach Olim To‘xtayevga olib borib berganimda ustoz o‘qib ko‘rib o‘zida yo‘q behad sevindi, o‘tgan umridan, pedagogik jamoadan roziligini, bu savobli ishni tashkil qilgan Fayzullayevdan minnatdorligini izhor etdilar, uzundan-uzoq duo qildilar.
Darhaqiqat, insondan faqat yaxshiliklar qolar ekan. Bir safar ustoz Fayzullayev jamoani birlashtirib, “Hazrati Dovud” ziyoratgohiga olib bordilar. Hamma bu ajib ziyoratgoh taassurotlarini ancha vaqtlargacha gapirib yurdilar. Pedagogik jamoa orasida yanada yaqinlik, iliqlik, ahillik paydo bo‘ldi. Ro‘zg‘orlarida baraka, chehralarida nur porladi… Maktabimiz yangi binosi ilk g‘ishtini ham ustozning o‘zi qo‘yib, qurilishdagi barcha ishda bosh-qosh bo‘lgan edilar. Biroz toblari yo‘qligiga qaramasdan kecha-yu kunduz yelib yugurib yangi maktab binosi ochilishi marosimini ham juda go‘zal tarzda tashkillashtirib tarixga muhrladilar(Maktab ochilishi marosimi olingan video hozirda maktabda saqlanmoqda).
Darhaqiqat, ustozning har bir bosgan qadamlari savob, yaxshilik, o‘rnak, ibrat edi. Men u kishining yonlarida, yelkama-yelka bo‘lib 5 – 6 yil ishlaganim bois ustozning rahbarlik fazilatlariga ko‘p guvoh bo‘lardim va ustozga “Ustoz, siz “Rahbarlik madaniyati” nomli bir kitob yozsangiz va u kitob yurtimizdagi barcha ziyo ahli(o‘qituvchilar)ga tarqatilsa, zo‘r ish bo‘lardi-da”, – deb qo‘yardim gohida.
Ustoz chin insoniy fazilatlar sohibi bo‘lish bilan birgalikda nozikta’b shoir ham edilar. Ikkalamiz birlashib “Tafakkur sadolari” va “Hisor tongi” nomli badiiy-adabiy kitoblarimizni nashrdan chiqardik. Do‘st-u yaqinlarga, qadrdonlarga tuhfa etdik. Ha, inson o‘zidagi ma’naviy boylikni kimgadir chiroyli tarzda ulasha olsa o‘zi ham behad shod bo‘lar ekan. Muxlislarning “Dastxat yozib bering!”, “She’rlaringiz juda zo‘r chiqibdi, yodlab ham oldim, tasanno, ofarin!” kabi go‘zal e’tiroflari ijodkor odamni shodlikdan “osmonlarga uchishi”ga bois bo‘larkan… Ustozning vafoti haqidagi xabarni eshitgach, dunyoning o‘zgaruvchanligi, bevafoligi, yolg‘on-u makkorligi xususida o‘ylanib ancha ezildim, ichki bir xo‘rsinish ta’sirida shunday satrlar yozildi:


Har kim o‘tar karvon dunyo,
Binolari vayron dunyo.
Ko‘pni qilgan sarson dunyo,
Shodligi ham yolg‘on dunyo!


Yaxshilarga bevafosan,
Nag‘mang turli, ming navosan.
Ayt, nimaga sen davosan,
Bo‘ldik senga hayron dunyo!


Seni sevgan yo‘ldan ozdi,
Bir-biriga chohlar qazdi.
Mehr-oqibatni uzdi,
Qiymati xas, arzon dunyo!

… Ha, azizlar dunyoga nisbatan nafratomuz she’r yozganimning boisi – biz shu dunyoni deb vaqtida bir-birimizdan xabar ololmaymiz, shu dunyoni deb ko‘ngil, hol-ahvol so‘rolmaymiz, shu dunyoni deb yaxshilar va yaqinlarimizning diydoriga to‘yolmay qolamiz! Hattoki eng yaqin qarindoshimiz – ota-onalarimizni farzand bo‘la turib mehrimizga muhtoj bo‘lib turganlarida jonlariga ora kirolmay, toblari qochganda vaqtida xabar ololmaymiz! Shu dunyo(pul, mansab, boylik)ni deb oramizda adovatlar, dushmanliklar, xunrezliklar hali hamon bo‘lib turibdi va hali yana qancha bo‘lajak… Qiymati inson ko‘nglining oldida bir tiyinga qimmat, xas, arzon dunyoni deb…


Musofirmiz, bir kun qaytish qilgaymiz,
Yaqinlarning bag‘rin mahzun tilgaymiz.
Lek, aslida savobga ulgurolmay,
Qolganlar-chun yig‘lash kerak, bilmaymiz…

Ha azizlar, yaxshilar qalblarda mangu yashaydilar. Ular qilib ulgurgan savobli ishlar mangu barhayot! Biz aslida, she’rda aytilganiday yaxshi amallarga, savoblarga ulgurolmay, hech kimga foydasi tegmay dunyodan ketib qolganlar, ibodatga – peshonasi sajdaga tegmay vafot etganlar uchun yig‘lashimiz kerak, aslida…


Ustoz Kamol Fayzullayev: “Men orasiga tushib, sovchilik qilib oila qurganlar soni bir kam yuzga yetdi, Xudo xohlasa” – degandilar suhbatlaridan birida. Maktabimiz oldidagi maktabga ko‘rk bo‘lib, maktabni obod qilib turgan charxpalakni ham aynan ustozning o‘zlari tashabbus ko‘rsatib qurdirgan edilar. Yurishlari, salobatlaridan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov(Alloh rahmat qilsin)ni eslatuvchi bu zot bilan birga 5 – 6 yil birga hamdam, hamkor bo‘lib ishlaganimdan faxrlanaman. Ustozning ta’lim-tarbiya tizimiga qilgan eng go‘zal xizmatlaridan biri – har yili 14-may sanasida o‘quvchi yoshlarni badiiy-estetik tafakkuri, ma’naviyatini o‘stirish maqsadida yozuvchi, shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil qilishlari edi.
Shoirlar orasida ayniqsa, Tursunboy Ochilov(Alloh rahmat qilsin), Jonimqul To‘rayev, Lochin Elmuhammad(Elmatov), Mayram Sharapova, Gulchehra Qosimova, Hikmatilla Jo‘rayevlar bilan birga bo‘lgan uchrashuvlar o‘quvchilar qalbida bir umrga muhrlanib qoldi. Zero, ushbu sevimli shoirlarimizning, sodda, samimiy, betakror sheriyati yoshlarni hayotni sevishga, insonlarni, vaqtni, yoshlikni, umrni qadriga yetishga, halollikka, poklikka, ezgulikka chorlaydi. Bu dunyoda chin inson bo‘lib yashashga, haromdan hazar qilishga undaydi. She’riyat olamiga, shoirlarga oshufta daryoqalb ustoz Kamol Fayzullayevning o‘zlari ham chuqur ma’noli, go‘zal to‘rtliklar bitgan edilar:


O‘zing yaxshi bo‘lsang olam yaxshi bo‘lar, bilgin do‘stim,
Nasihatim doim ikki qulog‘ingga ilgin do‘stim.
Qaytar dunyoda ko‘p yaxshiliklar qilgin do‘stim,
Dunyo yig‘ma, dunyoda mehmonliging sezgin, do‘stim!


*** *** ***
Muslima-yu ma’sumasiz, siz ayollar hurisiz,
Ko‘zlaringda dunyo jam, asli dunyo biri kam.
Bu dunyo bo‘lsa bozor, o‘zingga bo‘l xaridor,
G‘am chekma, boshing ko‘tar, Olloh O‘zi bo‘lar yor!

Naqadar, chuqur, nozik ma’noli misralar. Shu to‘rt misragina she’rda shoirqalb zotning ko‘ngli qanchalar go‘zalligini his qilishingiz mumkin. Ustoz Kamol Fayzullayev o‘quvchi yoshlarni bilimga qiziqtirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini ham doimo o‘zlari tashkillashtirib, boshlab berar edilar. Bu o‘yinda nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilarning ham qiziqarli savollar topish jarayonida o‘z ustida ishlashlari ta’minlanar, o‘z fanlari bo‘yicha bilimlari mustahkamlanar, qiziqishlari ortar edi.


Ustozning bu kabi yaxshi amallarini sanayversak sanog‘iga yetish qiyindir, ehtimol…
Alalxusus, hamma havas qiladigan mohir pedagog, asil inson, ziyoli ijodkor, tadbirkor murabbiy, dono rahbar, ibratlarga to‘la sermazmun umr sohibi Kamol Fayzullayev endi oramizda yo‘q, ammo u zot qoldirgan minglab shogirdlar, farzandlar, kitoblar, solih amallar to Qiyomat xalqimizga, yurtimizga xizmat qilaveradi! Ibrat ila yashay olganlar nomi insonlar qalbida mangu yashayveradi! Ustoz, Siz doimo qalbimizdasiz! YAXSHILAR YODI – MANGU BARHAYOT!!!


Bu umr bahor abri do‘liga qolsin,
Bu diydami tog‘larning seliga qolsin.
Shunday yashaginki, bir kuni hayrat qo‘lini,
Tishlamak ishi bashar eliga qolsin!

Shayx Abu Said Abul Xayr tomonidan yozilgan ushbu ruboiy xuddi ustoz Kamol Fayzullayev yashab o‘tgan sermazmun umrni vasf qilayotganday go‘yo. Ya’ni, bu dunyoga kelib shunday yashaginki, sening qilgan yaxshiliklaring, savob ishlaring ko‘pligidan hayrat qo‘lini tishlab(hayron qolish) qolish ishi bashar eliga – odamlarga qolsin!...



Download 34,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish