Mahoratli ustozning ibratli hayot yo‘li mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar



Download 34,08 Kb.
bet1/4
Sana05.06.2022
Hajmi34,08 Kb.
#638066
  1   2   3   4
Bog'liq
Qash-k xalq ta\'limi fidoyilari-2



MAHORATLI USTOZNING IBRATLI HAYOT YO‘LI


Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar,
Yursam deyman shu tabarruk izingizdan, ustozlar.
(Qo‘shiqdan)
Yakkabog‘da o‘zining halol mehnati, g‘ayrat-shijoati bilan qadr topgan ta’lim-tarbiya fidoyilari ko‘plab topiladi. Shunday fidoyi ustozlardan biri Yakkabog‘ tumanining uzoq tog‘oldi hududida joylashgan so‘lim Shirinbuloq qishlog‘ida istiqomat qilayotgan jonkuyar, mehnatkash, faxriy ustozimiz Xo‘janazarov Olim Imomnazarovichdir. Xo‘janazarov Olim 1955-yil, 15-iyunda Yakkabog‘ tumanidagi Shirinbuloq qishlog‘ida tavallud topdi. 1972-yilda tumandagi 35-sonli o‘rta maktabni a’lo baholarda tugatib, shu yili Nizomiy nomidagi TDPI(hozirda universitet)ning matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. 1976-yilda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab tumandagi 25-, 95-umumta’lim maktablarida o‘qituvchi, psixolog va MMIBDO‘ lavozimlarida samarali faoliyat yuritdilar.
Xalqimizda “Ot izini toy bosar” deganlaridek hozirda ustozning to‘rt nafar farzandi ham ota izidan borib potaxtimiz oliy dargohlaridan biri(TTYeSI)da hamda Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridagi maktablarda o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritmoqdalar.
Ustoz Olim Xo‘janazarov hozirda nafaqaga chiqqan bo‘lsalar-da, shogirdlari hali hanuz yo‘qlab borib, “Bizga qanday xizmatlar bor ustoz?” – deya xabar olib turishadilar. Boisi, ustoz aslida aniq fan – matematikadan dars bersalar-da, o‘quvchilar qalbiga badiiy adabiyot orqali kirib borolgan edilar. Ustozning shogirdlari shunday eslashadi:
– Xo‘janazarov ustozning darslarini intiqlik bilan kutardik. Sababi – dars yakuniga yetishiga 5 – 6 daqiqa qolganda qiziq bir ertakni ayta boshlardilar-da ertakning eng qiziq joyiga kelganda to‘xtatib qo‘yardilar va: “Ertaga barchangiz uy vazifasini yaxshilab bajarib kelsalaringiz, ertakning qolgan davomini ham albatta aytib beraman! ”, – deb bizni o‘z faniga hamda badiiy adabiyotga qiziqtirar edilar. Ustozning shaxsiy tajribasidan shu narsa ma’lumki, o‘qituvchi qaysi fanni o‘qitishidan qat’iy nazar avvalo, ma’naviyatdan – badiiy adabiyotdan, psixologiyadan xabardor bo‘lmasa, muntazam kitob mutolaa qilmasa, bolani o‘z faniga qiziqtirishi, tarbiyalashi oson ish emas! Ustoz uyida tashkil qilingan, mingga yaqin kitoblarni o‘zida jamlagan yaxshigina kutubxonasi borligi nazarimda, ustoz muvaffaqiyatlarining asosiy siridir.
Shu boisdan hozirda ustozning shogirdlaridan ko‘pchiligi poytaxtda turli vazirliklarda, OTMlarda, Ichki ishlarda, ta’lim muassasalarida, xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida elning olqishiga sazovor bo‘lib faoliyat yuritmoqdalar. Ustoz O. Xo‘janazarov 1986-yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Metodist o‘qituvchi” unvoniga sazovor bo‘lgan edilar. Ustoz umr yo‘ldoshi Halima Bozorova bilan birgalikda sakkiz nafar farzandini oq yuvib, oq tarab deyarli barchasini oliy ma’lumotli qilib o‘qitdilar, uyli, joyli qildilar.
Oliy toifali mahoratli ustoz O. Xo‘janazarov o‘zining 38 yillik pedagoglik faoliyati, halol mehnati, bilimi va go‘zal insoniy fazilatlari bilan el orasida katta hurmat va e’tibor topgan, hamma havas qiladigan baxtli oila boshlig‘idir. Hozirda nafaqada keksalik gashtini surayotgan O. Xo‘janazarov kabi mohir, o‘z ishining ustasi, universal, bir so‘z bilan aytganda, fidoyi pedagoglar hayoti va faoliyati Yangi O‘zbekistonimizing har bir yosh pedagogi va barcha yoshlariga ibrat mayog‘i bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi O‘zbekistonimiz yanada gullab yashnashi uchun maktablarimizda mana shunday ulkan yutuqlarga erishgan, nuroniy otaxonlarimiz bilan uchrashuvlar tashkil qilib, ularning duolarini olishimiz hamda boy, hayotiy tajribalari bilan yoshlarimizni yaqindan tanishtirishimiz, ibrat oldirishimiz zarur.

KITOBXONLIK - SAODAT KALITI





Download 34,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish