Arab grammatikasi va lug‘atshunosligining yaratilishi davrida to‘rtta maktab asosida o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi maktabga abul – asvad zolim ibn umar ad- dualiy asos slogan va u arab grammatikasining asoschisi sanaladi. Umar ad- dualiy arab tilining grammatik qoidalarini ifodallab berdi. Ikkinchi maktab asoschisi ibn durayd izohli lug‘at yozgan. Uchinchi maktab asoschisi ismoil al- javhariy. U “ tilshunoslik imomi”deb nom olgan. To‘rtinchi maktab asoschisi abul qosim ibn ahmad ibn umar az- zamaxshariy bo‘lgan. U arab tiliga bag‘ishlab 60 dan ortiq asarlar yozgan. Mumtoz arab tili haqida gap borar ekan, shu o‘rinda buyuk bobokalonimiz abu qosim mahmud ibn umar az-zamaxshariy hazratlarini arab tilining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissalarini, yozgan buyuk ilmiy kitoblarini eslab o‘tsak va naqadar allohning rahmati yog‘ilgan bir go‘zal yurtda tug‘ulibgina qolmasdan, mana shunday zabardast, ulug‘ va mutafakkir zotlarning avlodi bo‘lib dunyoga kelganimizga har qancha shukur qilib o‘tsak ozdir. Qosimning otasi deya nisbat berilgan bu ulug‘ zotning asl ismi abu qosim mahmud ibn umar az-zamaxshariydir. Olim hozirgi xorazm viloyati qo‘shko‘pir tumani hududida bo‘lgan, eskitda zamaxshar deb atalgan qishloqda, 1075-yilning 19-mart kuni dunyoga kelgan. Uning otasining ismi umar bo‘lib, o‘sha davrning boy bo‘lmagan o‘rtahol kishilaridan edi. Ko‘p vaqtini qur’on tilovati ila mashg‘ul bo‘lishidan uning savodli, diyonatli, taqvoli ekanligi sezilib turardi. Namozlarini zamaxshardagi bir masjidda imom bo‘lgan holida qoyim qilardi. Farzandiga kelajakda olim bo‘lib yetishishiga tamal toshini qo‘yib bergan, uning haqqiga ko‘pdan-ko‘p va uzundan-uzun duolar qilgan kishilardan biri edi. Onasi ham otasiga monand taqvoli, dindor, soliha ayollardan edi. Mahmud az-zamaxshariy hazratlari Buxoroyi sharifdagi madrasani tamomlagandan so‘ng, ilk bor ilm talabida, avval marv, so‘ng nishopur, isfahon, shom (hozzirgi suriya davlati), o‘sha davrning markaz shaharlaridan bo‘lgan bag‘dod, hirot ( hozzirgi afg‘oniston islom respublikasi), hijoz ( ikki marta) va makkai mukarramaga safar qildi va o‘sha yurtlarda umr guzaronlik qilib, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar: aqoid, fiqh, balog‘at, hadis kabi va yana xattotlik san’atini mukammal darajada o‘rgandi. Arab tili va adabiyotiga bo‘lgan kuchli muhabbati tufayli, arab dunyosida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan maqollar, urf-odatlarni chuqur tahlil qilishiga sababchi bo‘ldi. Alloma juda ko‘plab ilmiy ishlar, tahliliy izlanishlar olib borib, 50 dan ortiq turli sohalarga bog‘liq bo‘lgan ilmiy kitoblar yaratdi. Maxmud az-zamaxshariy hazratlari makka shahrida yashagan vaqtlarida, sermahsul ijod qildi. Mintaqa geografiyasiga oid juda ko‘plab, xilma-xil ma’lumotlarni to‘pladi. Alloma bundan tashqari, mahalliy qabilalarning lahjalarini o‘rganib chiqdi. U makkada 5 yil hayot kechirdi va ko‘plab asarlari aynan shu yerda dunyo yuzini ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |