Mahmud Zamaxshariyning so‘z turkumlariga oid qarashlari Bajardi: Avazova Farangiz Kurs ishi mavzusi: Reja: - Kirish
- 1 - bob. Arab tilshunosligi va unda Mahmud Zamaxshariyning tutgan o‘rni.
1.1. Mahmud Zamaxshariyning hayot yo‘li. 1.2. Mahmud Zamaxshariyning asarlari. - 2 - bob. So‘z turkumlarining Mahmud Zamaxshariy tomonidan tadqiq etilishi.
- 2.1. Mustaqil so‘z turkumlarining bo‘linishi.
- 2.2. Yordamchi so‘z turkumlari haqida.
- Xulosa.
Mavzuning Dolzarbligi - Bugungi kun o‘zbek tili grammatikasining rivojlanishini, shubhasiz, o‘tgan asrlarda buyuk olimlarimizning tadqiqot va fikrlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, muhtaram yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev “Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida toʻla tasavvurga ega boʻlishi, katta maʼnaviyat olib ketishi zarur” – deb ta’kidlaydi. Qomusiy olimlarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud az- Zamaxshariylar o‘zlarining qator asarlarida tilshunoslik to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berib o‘tganlarini asarlari orqali ko‘zdan kechirishimiz mumkin. Xususan, grammatikaning morfologiya bo‘limi haqida ham yetarlicha o‘z fikrlarini bayon qilganliklari fikrimizni dalillaydi. Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan bo‘lmish so‘zni turkumlarga ajratish masalasi Mahmud az- Zamaxshariyning asarlarida bundan nechi asrlar avval tadqiq qilingani va nechog‘lik bugungi kundagi nazariyalarga mos kelishi va bu nazariyalarning yuzaga kelishida tutgan o‘rni o‘rganush ishning dolzarbligini tashkil etadi.
Mavzuning o‘rganilish darajasi - Dastlab fanlarning barchasi falsafa fanining tarkibida bo‘lgani barchamizga ma’lumdir. Qomusiy asarlar tarkibidan aynan tilshunoslikka doir qarashlarni alohida olib o‘rganish uzoq yillik tarixga ega. So‘z turrkumlarini tadqiq etish masalasi ham bundan mustasno emas. Mahmud Zamaxshariy hayoti va faoliyati davomida so‘zlarni turkumlarga ajratish masalasida bildirgan fikrlarini ko‘plab olimlar o‘rganishgan. Bunday tadqiqot ishlarida ayniqsa Yu. V. Rojdestvenskiy, Sh. Shcherba, V.V Vinogradov, V. M Alpatov o‘zbek tilshunos olimlaridan D. Mamatoxunova, Sh.Mirziyotov, A. Nurmonov, A. Abduazizov, A. Irisqulov, M. Nosirovalar ko‘zga ko‘rinarli ishlarni amalga oshirganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, M. Nosirovaning “ O‘rta asr navhidan na’munalar ”, “ Mahmud Zamaxshariyning “Al- umnuzaj fi-n - navhi” risolasi olimning morfologiya yuzasidan bildirgan nazariyalarini to‘laligicha yoritib berishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |