Kurs ishining maqsadi va vazifalari. - - Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlarini o‘rganish;
- - asarlari tarkibidagi so‘z turkumlariga oid qarashlarini ajratib olish;
- - Mahmud Zamaxshariyning so‘z turkumlari tadqiqini boshqa qomusiy olimlar qarashlari bilan qiyoslash;
- - olim qarashlarining bugungi kun so‘z turkumlariga nechog‘lik mos kelishini o‘rganish.
Kurs ishining tadqiqot obyekti - Tilshunosligimiz tarixida Mahmud Zamaxshariy hayoti va uning tilshunoslikka oid asarlari tadqiqotning obyekti sanaladi.
Kurs ishining metodologik asoslari va metodlari - Kurs ishining metodologik asosi olamni o‘zaro aloqadorlikda va taraqqiyotda o‘rganishga asoslangan dialektik falsafadir. Ishda qiyoslash, chog‘ishtirish, tavsifiy metodlardan foydalanildi.
Kurs ishi natijalarining amaliy ahamiyati. - Mahmud Zamaxshariyning hayot yo‘li o‘rganildi;
- uning asarlari tarkibidan tilshunoslikka oid asarlari ajratib olindi;
- tilshunoslikka oid asarlarida keltirilgan so‘z turkumlariga oid fikrlari o‘rganildi;
- olimning so‘z turkumlariga tegishli fikrlari boshqa olimlar va bugungi kundagi qoidalar bilan qiyoslandi.
Kurs ishining tuzilishi - Kirish, ikki bob va ularning o‘ziga xos bo‘limlari, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
-
Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillikn tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan falsafa fanlar tarkibidan XVIII- XIX asrlarga kelib ajralib chiqdi. Eng qadimiy tilshunoslik maktablari deb antik davrda yunon va rim tilshunoslik maktablari, hind va arab tilshunoslik maktablari, o‘rta asrlarda o‘rta osiyo tilshunoslik maktablarini e’tirof etishimiz mumkin. Arab tili kelib chiqishi jihatidan “somiy” tillar oilasiga mansub tillardan hisoblanib, bugungi kunimizda yigirmadan oshiqroq mamlakatlarning davlat tilidir. Arab tilida yaqin va o‘rta sharq (saudiya arabistoni yarim oroli, suriya, iroq, livan,yaman va hokazo), afrikaning shimolidagi (misr, niger, kamerun va hokazo) aholisi so‘zlashadi. Klassik arab tili hozirgi zamonaviy so‘zlashuv arab tilidan anchagina farq qilsa-da, rasmiy telekanallar, nashrlarda hamon mumtoz arab tilidan foydalaniladi. Arab tilshunosligi faqat arablar emas, ulkan xalifalikda yashovchi turli xalqlar jumladan turkistondan chiqqan tilshunoslar tomonidan yaratilgan fandir. Arab tilshunoslari fan oldiga qo‘ygan amaliy maqsadlaridan kelib chiqib arab tili grammatikasi va lug‘atshunoslik bilan shug‘ullandilar. Ularning mazkur sohalardagi yutuqlari ma’ lum va mashhurdir. Ammmo so‘z turkumlari masalasi arab filologlari nazaridan chetda qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |