Qar, buz qamug‘ erishdi,
Tag‘lar suvi aqishdi,
Ko‘kshin bulut o‘rishdi,
Qayg‘uq bo‘lub egrishur.
Yozni ta’riflab yozadi: qor va muzlar hammasi eridi, toglarning suvi oqdi.Osmonda ko‘k bulutlar paydo bo‘ldi.Ular qayiqlar suvdan o‘ynaganiga o‘xshab suzishadi.
Qulon tugal qumutti,
arqar soqaq yumutti,
Yaylag‘ taba emitti,
Tizg‘ik torub sekrashur.
Bahorni ta’riflab yozadi:
Bahor qulon, kiyiklarni hayajonga soldi, tog‘ echki va kiyiklarni to‘pladi, ular yaylovlarga mayl qildilar.U yerlarda shodlikdan saf tortib, sakrashib o‘ynamoqdalar.
Shuni aytish lozimki, yuqoridagi kabi bahor,yoz ta’riflariga bag‘ishlangan, osmon va yulduzlar tasviriga qaratilgan, tabiat ne’matlarini ulug‘lovchi ko‘pgina she’rlarni biz “Devoni lug‘otit turk” asarida uchratishimiz mumkin. Bu Mahmud Koshg‘ariyning tabiatga alohida e’tibor qaratgani, tabiatdagi har qanday mayda detallardan ham olam-olam ma’no va mazmun yuzaga keltirganidan dalolat beradi.
Shunday ekan, Mahmud Koshg‘ariyning ijodkorlik salohiyatiga tahsin aytmay ilojimiz yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |