Baliq tilim baqa turur,
Qo‘lun taqi qo‘sharur.
Edil suvi qattiq tog‘ etaklariga urilib oqmoqda.U suvlardan paydo bo‘lgan yasama kulchalarda baliqlar,baqalar ko‘paymoqda.
Qishqa etin kelsa qali qutlug‘ yay.
Tun,kun,kecha alqinur o‘zlak bila oy.
Barakali yoz kelsa, qishga tayyorlan,chunki kecha va kunduznig o‘tishi bilan oy va zamon kechadi(yoz o‘tib,qish keladi).
Yay baruban erko‘zi,
Aqti aqin munduzi,
Tug‘di yarug‘ yulduzi,
Tingla so‘zum ko‘lgo‘so‘z.
Bahor tonggi yoridi,muzlar erib,sel suvlari kabi qattiq oqa boshladi.Yorug‘ tong yulduzi ham nur sochib chiqdi. Ajoyib so‘zimni kulgisiz tingla.
Iqilachim erik bo‘ldi,
Erik bo‘lg‘u yeri ko‘rdi.
Bulut o‘rub ko‘k o‘rtildi.
Tuman to‘rub toil yag‘di.
Sho‘x, o‘ynoqi otim sur’at bilan chopdi, yugurishda o‘zdi.Bulut ko‘tarilib, tuman tushib, do‘l yoqqani u shunday sho‘xlanishni munosib topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |