Uzu barib, o‘kush evdim,
Telim yurib, ko‘chi kevdim,
Atim birla tegu evdim
Meni ko‘rub, esi ag‘di.
Chiya bo‘ri haqida aytadi: uni qo‘lga olish uchun shoshildim,uning ketidan to‘xtovsiz quvlay berib, kuchdan toldirdim, otim bilan unga yetib oldim.Meni ko‘rib yunglari xurpayib ketdi.
Qish yay bilan to‘kushti,
Qinir ko‘zin baqishti,
Tutushqali yaqishti,
Utg‘alimat og‘rashur.
Qish yozga to‘qnashdi, bir-birlariga ular yomon ko‘z bilan qaradilar, bir-birlarini tutish uchun yaqinlashdilar.Ularning har biri g‘alaba qozonish va yengishni istar edilar.
Qaqlar qamug‘ ko‘lardi,
Tag‘lar bashi ilardi,
Ajun tani ilirdi,
To‘to‘, chechak yerkashur.
Suvlar ko‘payib, chuqurlar ko‘lga aylandi. Tog‘ boshlari xayoliy narsa kabi (arang ko‘zga) ilashdi. Dunyoning nafasi ilidi, daraxtlar gulladi, yilqilar uyur olishdi. Har xil gullar saf tortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |