Erdi uza eranlar,
Erdam begi bilig tag‘
Aydi o‘kush o‘gutlar,
Ko‘nlum bo‘lur anar sag‘
Ilgarilari ilmli, hikmatshunos, fazilatli kishilar bor edi.Ular ko‘p nasihatlar so‘zlar edilar.Ularni eslash bilan ko‘ngil safo topadi.
Shoir aytadiki, ilgarilari ilmli isnonlar ko‘p edi, ularning nasihatlari joningga ora kiradi, dega ma’noda yuqoridagi misralarni keltiradilar. Darhaqiqat, o‘tmishda shu kabi donishmand ajdodlarimiz juda ko‘p bo‘lgan.
Kelsa qali yarlig‘ bo‘lib yunchig‘ uma,
Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma.
Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham quyidagicha ma’no ifodalangan:
Bechora, ojiz,g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan(o‘zingda bo‘lgan ) narsani mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib , mehmonga malol keltirma.
Do'stlaringiz bilan baham: |