Yunchig‘ ko‘rub qonuqluq.
Qo‘noq senga so‘ranib kelsa, oziq-ovqat berib kut, agar mehmondo‘stlik yomon bo‘lsa, mehmon qarg‘aydi. Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham shunday ma’no ifodalangan
Tavar kimin o‘kulsa,
Beglik anar kerkalur,
Tavarsizin qalib,
Beg eransizin emgayur.
Bu misralar orqali ijodkor hayot haqiqatlarini bayon qiladi. Hamma davrlarda ham mamlakat boshqaruvi, davlat boshqaruvi mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan insonlarga berilgan. Chunki, boshqa insonlar uning boyligi uchun unga bo‘ysunganlar. Yuqoridagi misralarda ham shu ma’no ifodalangan:
Kimning moli ko‘paysa, u boshqalardan ko‘ra davlatni idora qilishga loyiqroq bo‘ladi.Molsiz qolgan bek odamsiz qiynaladi, odamlarni qovushtira olmaydi.Chunki odamlar uning moli uchun xizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |