Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa,
Qilg‘il anar ag‘irliq.
Artut alib anung‘il
Ezgu tavar og‘urluq.
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘ni-qo‘shnichilik, yaqinlarga mehr-muhabbatli bo‘lishga undovchi she’rlar ham uchraydi. Yuqoridagi baytda shunday ma’no ifodalangan:
Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla.
Erdam tila o‘granin bo‘lma ko‘vaz,
Erdamsizin o‘kunsa enmago‘za anar.
Ilmli-ma’rifatli bo‘lishga undash Mahmud Koshg‘ariy ijodida yetakchi mavzulardan biri sanaladi. U kishilarni bilimli bo‘lishga, ilm olishdan aslo to‘xtamaslikka undaydi.
Ilm, hikmat o‘rgan, o‘rganishda havoyilik qilma, hech narsa o‘rganmasdan o‘zini bilimdon ko‘rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi.
Qolsa qali og‘rayin,
Bergil taqi azuqluq
Qarg‘ish qilur umalar
Do'stlaringiz bilan baham: |