O‘zik meni qumitti
Saqinch mena jumitti
Ko‘nlum anar emitti,
Juzum menin sarg’arur.
Bu baytda shoir seviklimga bo‘lgan shavq va muhabbat meni hayajonga soldi. Qayg‘ular menga to‘plandi. Ko‘nglim unga moyil bo‘lgani uchun yuzim sarg‘aymoqda deya, o‘zining yor hajrida zabun bo‘lgan holatini she’riy misralar orqali tasvirlashga harakat qiladi.
Aydum anar sevuk,
Bizni taba ne eluk,
Kechtin yazi kerek
Qirlar eziz bezuk.
Bu baytda esa Mahmud Koshg‘ariy seviklisini ko‘rish haqida aytadi:ey,seviklim, bizning tomonga qanday o‘tding-u, uzun cho‘llar,buyuk qirlarni qanday kechding,dedim, deydi. Bu murojaat orqali, yoridan bu yerlarga qanday qilib kelib qolgani, mashaqqatlarni qanday yengib o‘tganini so‘raydi.
Igladi mening azaq,
Ko`rmazib o`g`ri tuzaq,
Ikladim andin uzaq,
Emlagil emdi tuzaq.
Yashirin tuzoqni ko`rmay, mening oyog`im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey seviklim, endi o`zing davola.
Do'stlaringiz bilan baham: |