Фойдаланилган адабиётлар
1. Евстигнеева Р. П. Химия липидов / Р. П. Евстигнеева, Е. Н. Звонкова,
Г. А. Серебренникова, В. И. Швец. — М.: Химия, 1983. — 296 с.
2. Самуйлова, Л. И. Косметическая химия в 2 ч.: Часть 1: Ингредиенты /
Л. И. Самуйлова, Т. А. Пучкова. — М.: Школа косметических химиков,
2005. — 386 с.
3. Ричард О’Брайен . Жиры и масла. Производство состав и свойства
применение. Санкт-Петербург. Профессия-2007. С.744.
390
RAFINATSIYALANGAN PAXTA MOYINI UZOQ MUDDAT
SAQLANISHIDA PEREKS SONINING O’ZGARISHI
1
D.S. Salixanova.,
2
N.K. Saparbayeva.,
2
D.Z. Karimova.,
2
N.I. Boyjanov
1
UzR FA UNKI,
2
Urganch davlat Universiteti
Ma`lumki bugungi kunda Respublikamizdagi mavjud yog`-moy sanoatlarida
ishlab chiqarilayotgan o`simlik moylarini uzoq muddatga saqlash davomida moy
sifat ko’rsatkichlarini oziq-ovqat xavfsizligi talablariga javob bergan xolda inson
organizimiga zararli ta’sir qiluvchi moddalarni moy tarkibida paydo bo’lishini oldini
olish bugungi kunning dolzarb va axamiyatli muammolaridan biri xisoblanadi[1].
O’simlik moylari uzoq muddat saqlanishida tarkibidagi to’yinmagan yog’
kislotalarining atmosfera havosidagi kislorodni o’zlashtirib olishi moy tarkibidagi
pereks miqdorini oshib borishiga sabab bo’luvchi birlamchi omillardan biri sanaladi.
O'simlik moylaridagi ozuqaviy moddalar va vitaminlarni oksidlanishi zararli
moddalar (peroksidlar, aldegidlar, ketonlar va boshqalar) hosil qiladi [2].
Moylarda birlamchi oksidlanish mahsulotlarining (perekslar va gidroperekslar)
miqdori pereks soni bilan xarakterlanadi. Ozuqa moylari uchun pereks soni 0,02 dan
0,3% oralig‘ida bo‘lib, 0,5% dan oshmasligi kerak [3].
Buni hisobga olib yuqori sifatli va o'simlik moylarini oksidlanishga
chidamliligini ta'minlaydigan samarali reagentlardan foydalanish bilan murakkab
tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borish muhim
ahamiyatga ega.
Yog`-moy sanoati mahsulotlari bo`lmish o`simlik moylarini uzoq muddat
saqlashga chidamliligini oshirish maqsadida “Urganch yog`-mоy” AJ markaziy
labоratоriyasida tajribalar o’tkazildi. Natijada o’simlik moylari kuchli antioksidantlar
bilan to’yintirilsa tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalar qisman havodagi kislorodni
o’zlashtirmasligi pereks miqdorini oshirmasligi ilmiy tadqiqotlar natijasida
o’rganildi.
Buning uchun “Urganch yog`-mоy” AJ korxonasidan olingan kislota soni 0,6
mg, pereks soni 3,5 % (J
2
), rangi 6 qizil birlik, namligi 0,03 % bo’lgan 5 litr
rafinatsiyalangan paxta moyida pereks miqdorini kamaytirish bo`yicha ilmiy
tajribalar o’tkazildi.
Namuna uchun olingan rafinatsiyalangan paxta moyining sifat ko’rsatkichlari
№
Olingan
namuna
Moyning sifat ko’rsatkichlari
Kislota
soni, (mg
КОН)
Perekis
soni, (J
2)
%
Rangi qizil
birlikda 35
sariq
Namligi,
%
1. Rafinatsiyalanga
n paxta moyi
0,6
3,5
6
0,03
Namuna uchun olingan rafinatsiyalangan paxta moyi sifat ko’rsatkichlarini
aniqlab olganimizdan so’ng quyidagi antioksidantlar bilan ishlov berildi.
391
Antioksidant qo’shilgan rafinatsiyalangan
paxta moyining sifat ko’rsatkichlari
№
Oksidlanishni
kamaytirish
uchun paxta
moyiga
qo’shishga taklif
qilinayotgan
komponentlar
Moyning sifat ko’rsatkichlari
Kislota
soni,
(mg КОН)
Perekis
soni, (J
2
) %
Rangi
Qizil
birlikda 35
sariq
Namligi
%
1.
Zig’ir moyi
0,31
2,7
6
0,011
2.
Zig’ir
urug’i
yanchilmasi
0,37
2,8
6
0,015
3.
Qovoq
urug’i
yanchilmasi
0,38
2,3
6
0,014
4.
Tokoferol
(vitamin E)
0,31
2,3
6
0,021
Ushbu tajribalarda rafinatsiyalangan paxta moyini yuqoridagi antioksidantlar
bilan ishlov berilganda pereks soni 3,5 dan 2,3 gacha pasayishi kuzatildi va uzoq
muddatga pereks sonini me’yorda saqlash mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar olindi.
Xulosa qilib shularni aytish lozimki rafinatsiyalangan o’simlik moylarini uzoq
muddat saqlash davomida sifat ko’rsatkichlarini o’zgartirmay me’yorda saqlash
bo’yicha o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki o’simlik moylarini uzoq muddat
saqlanishi uchun oksidlanishni bartaraf etishda kuchli antioksidantlar bilan ishlov
berish muhim ro’l o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |