Mahalliy va xorij benzinlari markari va ularni o`zaro mos keluvchanligi



Download 330,48 Kb.
bet1/2
Sana13.10.2022
Hajmi330,48 Kb.
#852791
  1   2
Bog'liq
BENZIN TURLARI


Mahalliy va xorij benzinlari markari va ularni o`zaro mos keluvchanligi
Benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillar uchun davlat standartlari (DS 2084–77)ga asosan A–72, A–76, АИ–93 va АИ–98 markali benzinlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, maxsus texnik shartlar asosida АИ–95 «Ekstra» benzini ishlab chiqariladi. A–72 va АИ–95 «Ekstra» benzinlari etillanmagan, qolgan markadagi benzinlar etillangan va etillanmagan holda ishlab chiqariladi. Benzin markasidagi A harfi benzin avtomobil benzini ekanligini, И harfi oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlanganligini, raqamlar esa minimal oktan sonini bildiradi. Agar benzinning shartli ifodasida И harfi bo‘lmasa, bunday benzinning oktan soni motor usuli bilan aniqlangan bo‘ladi.
Dvigatellarni qishda yurgazib yuborishni ta’minlash va yozda bug‘ tiqinlari hosil bo‘lmasligi uchun АИ–98, АИ–95 «Ekstra» benzinlaridan tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning ikki: yozgi va qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan foydalanish davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisidan qishkisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr).
Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan tashqari hamma hududlarda 1- apreldan 1- oktabrgacha, janubiy hududlarda butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida, boshqa hududlarda esa 1- oktabrdan 1- aprelgacha ishlatiladi.
A–76 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqish darajasi 6,5–7,0 bo‘lgan dvigatelli avtobuslar (УАЗ–452, EpA3– 762B, ГАЗ–53А, ГАЗ–53–12, ГАЗ–66, ЗИЛ–130, ЗИЛ–131, ЗИЛ–133ГГ1, ЗИЛ–ММЗ–554М, ЗИЛ–ММЗ–555, «Урал»–377, ПАЗ–672, ЛАЗ–695Н, ЛАЗ–699Р)da, shuningdek, dvigatelining siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar («Москвич»–2138, ГАЗ–24–01 «Волга», УАЗ–469)da ishlatiladi
АИ–92 benzini «Neksiya» va «Lasetti» rusumidagi avtomobillarda ishlatiladi. «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Chevrolet»ning «Kapriva», «Epika» va «Takuma» markalari uchun АИ–95 benzini tavsiya etiladi
АИ–93 benzini siqish darajasi 8,0 dan ortiq bo‘lgan yengil avtomobillar («Москвич»–412ИЕ, «Москвич»–2140, ГАЗ–3102 «Волга», «Жигули» (barcha modellari), shuningdek, yuk avtomobillari («Урал»–375ДМ va ИЖ–2715) uchun mo‘ljallangan
Avtomobil benzinlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning ishlatilishi jadvallarda keltirilgan (2. 2- jadval).
Benzinlarning qishki markalari fraksion tarkibining ancha yengilligi va to‘yingan bug‘larning bosimi ancha yuqoriligi bilan farq qiladi. Buning natijasida dvigatel yengil yurgiziladi, avtomobillarni qishki va qish davrida qizdirish va ishlatish osonlashadi.
Foydalaniladigan benzinning markasi ushbu tipdagi dvigatel uchun zavod chiqargan instruksiyaga mos kelishi kerak. Siqish darajasi uncha yuqori bo‘lmagan dvigatellarda yuqori oktanli benzinlardan foydalanilganida ularni ishlatish narxi qimmatlashadi va har xil texnik nuqsonlar paydo bo‘ladi: dvigatel qizib ketadi, klapanlar kuyadi, dvigatel quvvati kamayadi, benzin sarfi ortadi va hokazo.

Qishki va yozgi benzinlardan to‘g‘ri foydalanilsa, dvigatel
ishonchliroq va tejamliroq ishlaydi. Qish mavsumidan yoz mavsumiga, aksincha, yoz mavsumidan qish mavsumiga o‘tishda (bir oy mobaynida) har ikki turdagi benzindan va ularning aralashmasidan foydalanishga ruxsat etiladi. Yilning qolgan davrida benzin
turi ob-havo sharoitlariga qat’iy mos kelishi lozim. Qishda yozgi benzinlardan foydalanilganida dvigatelni yurgizib yuborish qiyinlashadi, ba’zan butunlay mumkin bo‘lmay qoladi, yonilg‘i sarfi, benzinning kondensatsiyalanishi ortadi, moy suyulib ketadi. Natijada dvigatel detallari tez yeyiladi. Aksincha, qishki yonilg‘idan yozda foydalanish mumkin emas, chunki bunda bug‘lanish hisobiga yonilg‘i isrofgarchiligi keskin ortadi, dvigatel qizib ketadi, ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladi, yonilg‘i me’yorda
berilmaydi, dvigatel beqaror ishlaydi, ish rejimi keskin o‘zgarganida to‘xtab qoladi, yonilg‘i sarfi ortadi. Aralashgan benzinlardan foydalanilganida ham yuqorida aytilgan hodisalar ro‘y beradi.
Avtomobil benzinlarini ishlatish bo‘yicha yuqorida keltirilgan
yil fasllari va hududning iqlim sharoitlari bo‘yicha umumiy ma’lumotlardan tashqari, ishlatilayotgan benzinning ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Bunday tasavvurni hosil qilishda benzinning har bir markasi uchun to‘ldiriladigan pasportdan foydalaniladi. Pasportda har bir markadagi benzin (yoki boshqa mahsulot) uchun davlat standarti talablari asosida u yoki bu ko‘rsatkichning aniq qiymatlari keltirilgan bo‘ladi. Pasportda yonilg‘ining zichligi, motor usulidan aniqlangan oktan soni, tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori, to‘yingan bug‘lar bosimi, oltingugurt va haqiqiy smola miqdori, yonilg‘i fraksiyalarining haydalish haroratlari, benzinni haydashdagi qoldiq hamda yo‘qotishlar miqdori ko‘rsatiladi. Yonilg‘i pasporti asosida uning sifatini standart talablariga javob berishi tegishli standart ko‘rsatkichlari bilan solishtirib aniqlanadi. Agar pasport ma’lumotlari standart talablarini qanoatlantirsa, bunday yonilg‘ini ishlatish mumkin. Standart talablarini, hech bo‘lmaganda, bitta ko‘rsatkich bo‘yicha qanoatlantira olmaydigan yonilg‘ilar
Download 330,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish