II BOB. MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA VA HUDUDIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQLARNING AMAL QILISH MEXANIZMI (TOSHKENT SHAXRI OLMAZOR TUMANI MISOLIDA)
2.1. Mahalliy budjet daromadlar bazasining iqtisodiy tahlili
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda. Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
Mahalliy budjetlarning iqtisodiy tomondan mustaqqil faoliyat olib borishlari ularning o’z daromadlar manbaining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Mahalliy budjetlar o’z hududida turli yo’nalishdagi vazifalarini hal qilish uchun yetarli bo’lgan moliyaviy mablag’ga ega bo’lishlari kerak.
Respublikamizda yer solig’i va mulk solig’i mahalliy soliqlar turkumiga 1998 yildan boshlab kiritildi. Bu esa mahalliy budjetlar daromad bazasini anchagina mustahqamlanishiga olib keldi, mahalliy soliqlar salmog’i 1998 yilda 10,7 foizdan 2000 yilda 18,1 foizga etdi.
Mahalliy budjetlar daromadlarining yana bir muhim manbasi bu jismoniy shaxslar daromad solig’ining mahalliy budjetlarga uzoq muddatga biriktirilib qo’yilishidir.
Mahalliy soliqlarning asosiy parametrlari (stavkalari, bazasi, yengilliklari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangani holda ularni yig’ish hududlarda amalga oshiriladi. Shuning uchun ba’zi soliqlarni yig’ish juda muammoga aylanmoqda, chunki bazasini aniqlash juda qiyin yoki ularni yig’ish bilan bog’liq xarajatlar shu soliqlarning summalaridan oshib ketmoqda. Xususan, bozorlardan yig’iladigan bir martalik patta yig’imlari xam juda xarajat talab yig’imlardandir. Shu tufayli mahalliy budjetlar daromad bazasini real mustahkamlash nuqtai nazaridan ushbu soliqlar kerakli talabga javob beradigan manba bo’la olmaydilar.
Ushbu yo’nalishda mahalliy hokimiyat organlarining o’z soliq potentsiallarini (salohiyatini) oshirish va soliq to’lovchilar sonini kichik korxonalarni ko’paytirish hisobiga oshirish, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning sonini oshirish va ular daromadlarini nazorat qilish mexanizmining samaradorligini ko’tarish hisobiga budjet manfaatdorligini oshirish muhim yo’nalish hisoblanadi.
Respublikamiz soliq tizimidagi mavjud mahalliy soliqlar va yig’imlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
- mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralari tasarrufida bo’lgan hududlar ehtiyojlari uchun ishlatiladi;
- ularning asosiy qismi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bevosita o’zlari tomonidan joriy etiladi, ularni huquqiy jihatdan tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga bir qadar vakolatlar berilgan bo’lsada, respublika qonunchiligi bilan ham hisoblashishni talab etadi va boshqalar.
Shuningdek, mahalliy soliqlar va yig’imlarning muhim xususiyatlaridan biri, ularni belgilash usuliga ko’ra ikki guruhga, ya’ni respublika qonunchiligi bilan joriy etiladigan va mahalliy davlat hokimiyati idoralari qonunchiligi bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlarga bo’linishidir.
Ko’rsatkichlar
|
2010 yil
|
2011 yil
|
2012 yil
|
2013 yil (reja)
|
mln.so’m
|
jami nis-n, %da
|
mln.so’m
|
jami nis-n, %da
|
mln.so’m
|
jami
nis-n, %da
|
mln.so’m
|
jami
nis-n, %da
|
Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz – jami
|
13116397
|
100
|
16178564
|
100
|
20614100
|
100
|
25104900
|
100
|
1.To’g’ri soliqlar
|
3420602,8
|
26,1
|
4238732,8
|
26,2
|
5196400
|
25,2
|
6583100
|
26,2
|
2. Egri soliqlar
|
6973809,5
|
53,1
|
8656853,1
|
53,5
|
11187800
|
54,3
|
13039400
|
51,9
|
3. Mol-mulk solig’i va resurs to’lovlari
|
1974143,8
|
15,1
|
2308908,7
|
14,3
|
2746400
|
13,3
|
3755500
|
15
|
4. Ustama foyda solig’i
|
25695,7
|
0,2
|
142314,4
|
0,8
|
250000
|
1,2
|
294500
|
1,2
|
5. Boshqa daromadlar
|
722145,1
|
5,5
|
831754,5
|
5,1
|
1233500
|
6
|
1432400
|
5,7
| 1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |