Xudbinlik tug‘ma xislatmi?
Yoki hayot davomida shakllanadimi? Ayrim yurtdoshlarimizning mavzu
yuzasidan mulohazalarini bilish maqsadida shu savollar atrofida so‘rov
o‘tkazdik.
Tabiatan olganda, hammamizda ham xudbinlik bor. Busiz bo‘lishi
mumkin emas, - deydi iqtisodchi Sherali Ergashev.- Ayrimlarning xudbinlik
hissi juda kuchliligiga esa, ular tug‘ilib o‘sgan muhit, ota-onasining tarbiyasi
sabab bo‘ladi. Ayrimlar farzandlarini haddan ortiq erkalashadi, ularning
nuqsonini ko‘pda o‘zlariga aytmay, aksincha, ozgina yutuqlarini ham ko‘pirtirib
maqtashlari va shunga o‘xshash ko‘p holatlar bolaning xudbin bo‘lib
ulg‘ayishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |