“O‘ziga bino qo‘yishlik – baxtsizlikdir, buning farq va darajalari bor. Xudbinning har bir ishi o‘ziga yaxshi ko‘rinadi, lekin bu ko‘rimsiz qiliqda farqlar ko‘pdir”. Alisher Navoiy
Donishmandlar xudbinlikning kelib chiqish sabablarini quyidagicha izohlashadi: – Ba’zi insonlar o‘zlarini haddan ortiq yaxshi ko‘rishi; – O‘zlarini boshqalardan ustun qo‘yishi; – Ayrim kishilarning manman va kibrli ekani. Inson tabiatida o‘zini yaxshi ko‘rish hissi mavjud. Imom G‘azzoliy
muhabbatning besh turi haqida fikr yuritib, insonning o‘ziga, o‘zining
a’zolariga, salomatligiga muhabbatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Uningcha, bu
71
muhabbat Alloh, ota-ona, qarindosh-urug‘, do‘st-birodar, muhtoj-
ehtiyojmandlar xizmatida bo‘lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi.