Mafkuraviy immunitetning yetishmasligi:
“Mafkuraviy immunitet ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat,
iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg‘unchi
xarakterdagi g‘oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni
tarbiyalashda qo‘l keladi”.
Mafkuraviy immunitet
– davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy
sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Xo‘sh,
mafkuraviy immunitet nimalardan shakllanadi? Eng avvalo, bilim va xalqning
milliy o‘zligini anglashidan qaror topadi. Ahmad Yugnakiyning fikriga ko‘ra aql-
zakovatli insonni bilimdan, bilimni esa aqlli kishidan ajratib bo‘lmaydi. Inson
bisotidagi barcha nodonliklarning, uning kundalik amaliy faoliyatidagi barcha
noxushliklarning sababini bilimsizlikdan qidirmoq darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |