Fuqarolar madaniyati fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo‘lib, uning negizini demokratik siyosiy va huquqiy madaniyat tashkil etadi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida avtoritar siyosiy madaniyatda namoyon bo‘luvchi avtoritar mentalitet yetakchilik qiladi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan asosiy ijtimoiy qadriyatlar yuzasidan hanuz murosaga kelingani yo‘q. Bu «anomiya» deb ataluvchi vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Anomiya deganda bir normativ qadriyatlar tizimi buzilgan, ammo uning o‘rnida yangi normativ qadriyatlar tizimi hali vujudga kelmagan vaziyat tushuniladi. Bu ma’noda Prezidentimiz I. A. Karimovning: «Yangi uyni qurmasdan, eski uyni buzmang», degan so‘zlari ramziy yangraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |