Mahalla – qadriyatlar beshigi



Download 24,45 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi24,45 Kb.
#749220
Bog'liq
Muxammadiyev L. (Maqola) (1)

MAHALLA – QADRIYATLAR BESHIGI


Muxammadiyev Lochin G‘ayratovich
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan so‘z boradi. Aholi yashash sharoitida mahallaning o‘rni naqadar beqiyosligi xususida fikr yuritiladi.
Kalit sozlar: Jamoatchilik nazorati, “Mahallabay” tizimi, demokratiya, fuqarolik jamiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organi
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, millatning boshqa millatlardan ajratib turuvchi etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatlar aynan mahallada tashkil topadi. Mahalladagi milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanadi, rivojlanadi va avloddan avlodga yetib boradi. Milliy an’analar va qadriyatlar zamon bilan hamnafas bo‘lib, ijtimoiy makon va zamonda o‘z aktualligini saqlab qololsa, ijtimoiy davr uni inkor qilmaydi. Mahalla haqidagi ta’sirli kadrlarga juda boy “Suyunchi” filmini hammamiz ko‘rganmiz. Unda milliy mentalitet muammolari rejissyor tomonidan shu qadar ustalik bilan ochib berilganki, xuddi bugun atrofimizdagi voqealar sodir bo‘layotgandek tuyuladi.
Fuqarolik jamiyatining oliy shakli - demokratiya. Mazkur badiiy film bugun o‘ziga xos ma’muriy tuzilma sifatida e’tirof etilgan mahallalarimiz oqsoqollari va raislari o‘z hududlarida namunali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishiga misoldir. Uning bosh qahramoni Anziratning buvisi misol bo‘la oladi. Bu o'z joyiga tegishli ekanligini chuqur his qiladigan uslub. Mahallasida Anzirat buviga o‘xshaganlar borligini bilgan kishi bilsinki, o‘sha hududdagi oilalar rostdan ham baxtli. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida yoshlarni chalg‘itishga, ota-onalariga bo‘ysunmaslikka harakat qilayotgan ayrim da’vogarlar soch kesishda “Anzirat buvining uslubi”ni qo‘llamoqda.
O‘zbeklar mahallasi bilan tirik. Mustaqillik yillarida mahalla rivojiga katta e’tibor qaratildi. O‘z – o’zini boshqarish imkoniyati berildi. O’z – o’zini boshqarish esa o‘z – o’zini tanish, kamu – ko’stini tuzatish degan ma’noni anglatadi. Mahallani ota – bobolarimiz ming yillar mobaynida tarbiya o’chog’i deb bilishgan1.
Oʻzi tugʻilib oʻsgan joy inson uchun Vatan hisoblanadi. Mahalla esa Vatan ichra kichik Vatandir. Uning obodligi, goʻzalligi va koʻrkamligi uchun jon koyitish har bir kishining muqaddas burchi hisoblanadi. Gohida baʼzi odamlarning oʻzi yashab turgan mahalladagi ahvoldan ranjib gapirganini eshitib qolaman. Aslida nolish kerak emas, shu mahallaga oʻzim nima hissa qoʻshdim, deb oʻylab koʻrishi kerak. Agar mahallada hamjihatlik boʻlsa, obodlik va koʻrkamlikka hissa qoʻshuvchilar safi koʻpaysa, albatta, gʻururlanishga arzirli maskanga aylanadi.
“Chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan xalqning kundalik hayotini tashkil etib yo’lga solib turgan mahalla demokratik poydevorga asoslangan muntazam axloq – odob tizimini keltirib chiqaradi. Bular davrlar sinoviga dosh bergan o’zaro yordam, mehmondo’stlik va keksalarga hurmat hamda jamoa a’zolarining tengligidir. Mahallada yashovchi biror bir dam o’zini yolg’iz his qilmagan, u hamma vaqt xayrixohlik va ma’naviy madaddan ham tashqari zarur moddiy yordamga ham umid qila olgan” deb yozadilar. Mahallaning ijtimoiy – tarbiyaviy funksiyasini saqlab qolish, yanada mustahkamlash va ibrat tarbiya maktabiga aylantirish qanday vazifalar ko’ndalang turadi degan savol tug’iladi. Mahalla eng avvalo o’ziga xos mustahkam ijtimoiy birlikdir. Chunki mahalla ko’z oldida hamma ijtimoiy, madaniy, tarbiyaviy jarayonlar sodir bo’ladi. Har bir shaxs mahallada yashab turib, undan tashqarida bo’la olmaydi. Har bir kishi yosh avlod mahalla ahlining oldida va muhokamda bo’ladi. Mahalla o’zaro ishonch, yordam va himoya munosabatlariga asoslanadi. Odamlar o’rtasida odamiylik, e’tiqod, o’zaro mehr – shavqat, hurmat kabi qadriyatlar mahalla saqlanadi va himoya etiladi. Mahalla eng yomon illlatlarga qarshi kurashning mustahkam qal’asi bo’la oladi. Undagi ijtimoiy muhit va fikr giyohvandlik, jinoyatchilik, zo’ravonlik, o’g’rilik, foxishabozlik kabi hozirgi zamon illatlariga qarshi kurashadi. Mahalla haqida so’z yuritganda, yana bir masalaga e’tiboringizni jalb qilmoqchiman, degan edi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.
24-mart kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari mahallalarni obodligi uchun davlat tomonidan katta gʻamxoʻrliklar qilinayotgani haqida aytib oʻtdi. Xususan, Prezidentimiz bugungi kunda yurtimizda sharoiti ogʻir boʻlgan 796 ta qishloq va shaharlarda 188 ta mahalla mavjudligini, 4 mingdan ziyod mahallaning elektr taʼminoti qoniqarsiz ahvoldaligini taʼkidlab, qishloqlarga infratuzilma borsagina, hayot sifati oʻzgarishi, tadbirkorlik rivojlanishini bildirdi.
Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch boʻgʻini hisoblanadi. Oxirgi uch yilda uni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildiXususan, mahalla institutiga oid 38 ta qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, 50 dan ortigʻi takomillashtirildi. Jamiyat hayotida jonbozlik koʻrsatgan soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblarining oylik ish haqi oʻtgan yilning oʻzida 1,5 barobarga oshirildi. Soʻnggi uch yilda 624 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 2 ming 265 tasi rekonstruksiya qilindi va taʼmirlandi. 102 ta tuman va shahar markazida “Mahalla markazi” majmualari barpo etildi. Har bir fuqarolar yigʻinida “Keksalar maslahati” guruhlari, 4 mingdan ziyod mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilindi. Mahalla faollarining masʼul tashkilotlar va profilaktika inspektorlari bilan hamkorligida oxirgi uch yilda 87 mingga yaqin kam taʼminlangan oila ehtiyojmandlik darajasidan chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda 2021-yilda aholining daromad topishiga qaratilgan tadbirkorlik intilishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va xoton-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ham aynan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab berdi.
Prezidentimiz mahalla tizimidan xalq ham, davlat ham toʻla rozi emasligini, bu sohada kamchilik va dolzarb masalalar koʻpligini taʼkidladi. Xususan, mahallalarda 18 mingdan ortiq xodim faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlsa-da, ularning ishi samarali tashkil etilmagan. Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish boʻyicha tizim yoʻlga qoʻyilmagan. Oqibatda ayrim mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar koʻpaygan. Shuningdek, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida oʻz joniga suiqasd qilish holatlari uchrayotgani juda achinarli. Yigʻilishda oilaviy ajrimlar, yoshlar salomatligi, erta tugʻruqlar, maʼnaviy-axloqiy tarbiya bilan bogʻliq muammolar koʻrsatib oʻtildi.
– “Oila – muqaddas” degan azaliy va ezgu gʻoya qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi ogʻriqli holatlarni kamaytirib boʻlmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, koʻpni koʻrgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni toʻgʻri yoʻlga solishga qodir, – dedi Shavkat Mirziyoyev2.
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida bir qator sohalar qatori mahalla tizimidagi ishlarga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, yurtimizdagi islohotlar natijalari, sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar va bunga aholining munosabati, ularning kayfiyati, avvalo, mahallada aks etishi, mahallada sezilishi zarurligi taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari bu boradagi oʻz fikrlarini davom etar ekan, “...Mahalla — yorugʻ yuzimiz va vijdonimiz koʻzgusi, desak, toʻgʻri boʻladi”, deya mahallaning odamlar hayotida naqadar muhim maskan ekaniga munosib baho berdi. Darhaqiqat, bugun “yuqoridan — quyiga” tamoyili asosida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar mexanizmida mahallaning oʻrni va ahamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining jarayonlar markazida boʻlishi, mahallasidagi mavjud muammolarni eng muhim masala sifatida mahalliy hokimliklar oldiga qoʻyishi boʻyicha yangi amaliyot tizimi yaratilmoqda. Prezidentimiz mazkur ish tizimini yoʻlga qoʻyish uchun bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlar quyiga tushib, oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi muammolarni oʻrganishi va ularga yechim topishi, natijalarni odamlar oʻz hayotlarida sezishi lozimligini taʼkidladi.
Bundan tashqari mahalla tizimini takomillashtirish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi ham aynan mahallalarga berilayotgan e’tibor sifatida qabul qilish lozim. O‘ziga xos nomlangan ushbu yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar dasturdagi ishlarni bajarish har bir mahalla raisidan yuksak saviya, matonat, tashabbuskorlik, sabr-toqat talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Mirziyoyev Sh., Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017.

  2. Karimova L., Mahalla – o‘rnak o‘rganish manzili. Obrazavanie i nauka v XXI veke. (2021, oktabr).

  3. https://lex.uz/ sayti

  4. http://saodat.zn.uz sayti

Muallifning F.I.SH.



Muxammadiyev Lochin G‘ayratovich

Shahar yoki tuman

Chirchiq shahar

Ish joyi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ilmiy darajasi

Katta o‘qituvchi

Maqola nomi

Mahalla – qadriyatlar beshigi

E-mail

lochinmuxammadiyev5582@gmail.com

Telefon

+99897 599 44 82



1 Bu haqida qarang: http://saodat.zn.uz/2016/03/06/mahalla-tarbiya-ochogi/

2 Bu haqida qarang: https://mintrans.uz/news/obod-va-xavfsiz-mahalla-tamoyili-amalga-oshiriladi

Download 24,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish