1. Rim notiqligi nimalar bilan bog‘liq holda taraqqiy etdi?
2. Rim davlatining ilk davrlari bilan bog‘liq holda notiqlik san‘atining qanday turlari shakllanadi?
3. Mark Porsiy Katon haqida nimalarni bilasiz?
4. Rim notiqligiga kimlar yangi yo‘nalish berdi?
5. Fuqarolar urushi boshlanishi arafasida rim notiqligi yoki ritorikasi qaysi partiya manfaatlari uchun xizmat qildi?
6. Siyosiy va sud notiqliklari faoliyati haqida ma‘lumot bering.
7. Sitseronning ―Brut‖ risolasi haqida nimalarni bilasiz?
8. Sitseronning ―Davlat‖ risolasida nimalar haqida so‘z yuritiladi?
9.
Rim notiqligida qanday yo‘nalishlar shakllanadi?
10. Rim notiqlik san‘ati nazariyasiga muvofiq nutq qanday shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo‘lmog‘i kerak?
11. Notiqlar sud jarayonida qanday dalillardan foydalanishgan?
1. Qadimgi rimda ham notiqlik sa‘natining shakllanishi va taratsqqiyoti Yunonistondagi kabi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda kechdi. Rim davlatining ilk davrlaridayoq senat, xalq yig‘indilari, sudda so‘zlanadigan ommaviy nutq san‘ati shakllanadi. Bunda, shuningdek, dafn marosimlarida so‘zlanadigan nutq keng tarqalgan edi.
Dastlab nutqlar yozma ravishda e‘lon qilinmasdi. Shu bois notiqlik haqida aniq fikr yuritish qiyin. Biroq respublika davrida(er.av.III asr - II asrning boshlanishi) yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan notiqlik sa‘nati uning ta‘sirida rivojlangan.
2. Eramizdan avvalgi II asrning o‘rtalaridan boshlab Rimda ijtimoiy ziddiyatlar o‘sishi; senat partiyasi bilan xalq partiyasi shakllanib, siyosiy kurash kuchayishi bilan fuqarolik urushi boshlanayotgan bir paytda Rim ritorikasi birinchi navbatda senat partiyasiga oppozitsiyada turgan xalq partiyasiga (populyarlarga) xizmat qila boshladi. Bu davrda siyosiy kurash avj olishi bilan siyosiy va sud notiqligi tez suratlar bilan rivojlana boshladi. Siyosiy notiqlik senat va xalq yig‘iniga ta‘sir o‘tkazishning asosiy vositasiga, sud notiqligi esa siyosiy muxolifni qoralash quroliga aylanadi. Ozmi-ko‘pmi tanilgan siyosiy arbob, albatta, yaxshi notiq bo‘lgan. Lashkarboshi o‘z jangchilari oldida nutq so‘zlashni bilishi kerak edi. Sitseron 46 yili ―Brut‖ risolasida Rim notiqligi tarixiga qisqacha to‘xtalib, 200 dan ortiq notiqlikni sanab o‘tadi va ularning asosiy ko‘pchiligi fuqarolar urushi davri vakllari bo‘lganligini qayd etadi.
3. Rim notiqligining asoschilaridan biri Mark Porkiy Katon ham lashkar boshi, ham rim siyosiy arbobi sifatida mashxur bo‘lgan. U birinchi rim ―Ritorika‖sini yaratgan olimdir.
Rim notiqlik sa‘natining an‘analarining tayanchi notiq iste‘dodi va tajribasi bo‘lib kelgan. Uning asosiy tamiyilini Katon shunday ifodalagan edi: ―Mohiyatini nazardan qochirma, so‘zlar esa o‘zi keladi‖.
4. Aka-uka Grakxlar ilk bor yunon ritorikasining ta‘sirchan usullarini qo‘llab rim notiqligiga yangi yo‘nalish berdilar. Avvalo, ritorika qonun-qoidalarini bilgan notiq, ular bilmagan notiqdan qanchalar ustun bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi. Ikkinchidan, notiqlik sirlarini faqat otalardan o‘zlashtirmay o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lgach, siyosat maydoniga qadam qo‘ymoq istagida bo‘lgan yangi odamlar o‘zlarining muxoliflari – aslzoda senator – notiqlar bilan bir hil, hatto qulayroq vaziyatda bo‘ladilar.
5. Rim notiqlari notiqlik sa‘nati nazariyasi bo‘yicha jiddiy yangilik yaratmagan bo‘lsalar-da, yunon notiqligida shakllangan tamoyillarni chuqrroq ishlab chiqadilar va ularga taqlid qilgan holda, lotin tilida notiqlik san‘atining yuksak namunalarini yaratdilar.
8.Notiqlik usullari vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi. Shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy voqelik Rim notiqligiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. ―Adolat, agar u tabiatga asoslashmagan bo‘lsa, yo‘qlikka muhkum, foydani o‘ylab o‘rnatilgan adolat esa boshqa foyda nuqtai nazaridan yo‘q qilinadi‖, - deb yozgan edi. Sitseron ―Davlat‖ risolasida. Biroq vaqt o‘tishi bilan haqiqat, adolat, samimiyat mezonlari notiqlik san‘atida ortga chekinadi: masalan, sud notiqligida yuridik haqiqat muhim bo‘lmay qoladi. Sitseron boshqa erda shunday yozadi: ―Biz sudlarda so‘zlagan nutqlarimizda bizning etiqodimiz ifodasini izlagan kishi qattiq yanglishadi‖. Bu nutqlar sud jarayoni va shart-sharoitlaridan kelib chiqib so‘zlagan va odamlarning asl qarashlarini ifodalamaydi‖.
6. Notiq o‘z fikr va dallilarining haqqoniyligi haqida emas, haqiqatga uxshashi haqida qayg‘urgan. Siyosiy nutqlarda invektiv usuli keng qo‘llanilgan, ya‘ni siyosiy muxoliflar yomon qilib ko‘rsatilgan va buning uchun notiqlar turli mishmish vak g‘iybatlarni ishga solishgan.
7. Sitseron 46 yili ―Brut‖ risolasida Rim notiqligi tarixiga qisqacha to‘xtalib, 200 dan ortiq notiqlikni sanab o‘tadi va ularning asosiy ko‘pchiligi fuqarolar urushi davri vakllari bo‘lganligini qayd etadi.
9. Rim notiqlik san‘ati nazariyasiga muvofiq nutq quyidagi shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: 1) kirish (exorido) ; 2) ko‘riladigan masalaning bayoni (narratio); 3) himoya yoki aybnomaning asosiy moddasini ko‘rib chiqish (tractratio) 4) xulosa (peroratio). Himoyalovchi va qoralovchi nutqining eng muhim qismi, ya‘ni traktatsiya yana, o‘z navbatida, quyidagi qismlarga bo‘lingan:
a) traktatsiya predmeti va rejasini ajratib ko‘rsatish; b) notiq qarashlari to‘g‘riligining isboti va v) muxolifning fikr va dalillarini inkor etish.
10. Sitseron fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
1. Notiq juda dadil va amin bo‘lishi kerak.
2. Notiq to‘la isbotlanishi lozim.
3. Notiqda ahamiyatsiz narsa bo‘lmasligi kerak.
4. Nutq materialini sitqidil to‘plash va idrok etish kerak.
5. Materialni joylashtirish, tushunishga oson bo‘lishini ta‘minlash.
11. Notiq ikki turdagi dalillardan foydalangan: sudlarning aqliga ta‘sir etuvchi, ya‘ni argumentlar va ularning hislariga ta‘sir etuvchi, ya‘ni amplifikatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |