Reja:
1. Magnoliyatoifalar bo`limining xilma-xilliligini sabablari va ularning geografik-ekologik tarqalishi.
2. Bo`limning muhim belgilari.
3. Filogeniyasi.
1. Magnoliyatoifali o`simliklar o`zlarining tuzilishi va tarqalishi bo`yicha nafaqat o`simiklar dunyosida, balki butun organik olamdagi eng katta gurux hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 250 mingdan ortiq turi ma`lum bo`lib, 533 ta oila va 13 ming turkumni tashkil etadi. Bular shakli va xajmi bo`yicha ham eng yirik organizmlar hisoblanib, ular orasida 1sm. dan (suvda o`suvchi Lemna) 150 metr balandlikdagi (Avstraliyada o`suvchi evkalipt) o`lkan daraxtlar mavjud. Gulli o`simliklar yoshi, kelib chiqishi bo`yicha eng yosh Mezozoy erasining bo`r davridan boshlab rivojlangan o`simliklar hisoblanadi. Hozirda ular Er yuzi bo`ylab tarqalishi va tuzilishi bo`yicha eng murakkab va xilma–xil moslashuvga ega bo`lgan o`simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit`alarida ekvatorning issiq tropik o`rmonlaridan tortib, Shimoliy Arktika muzliklarigacha tarqalgan. ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o`sishga mosshlashgan: issiq jazirama cho`ldan eng baland tog` cho`qqilarigacha, chuchuk va sho`r suv xavzalaridan (ko`l, soy, daryo, dengiz, okean) boshlab ohakli, gipsli, toshli va boshqa jinslardan iborat bo`lgan joylarda tarqalgan. Gulli o`simliklarning bu darajada turlar sonining ko`p bo`lishi, shaklan xilma-xiligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va qator o`ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan.
2. Gulli o`simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug`li va sporali o`simliklardan farq qiladi:
1. Urugning to`liq ximoyalanganligi (yopiqligi), urug` kurtagini tuguncha ichida joylashganligi.
2. Bularda urug`chining va eng muhimi mevaning hosil bo`lishidir.
3. Bularda haqiqiy gulning paydo bo`lishi bilan changlanish va urug`lanishi jarayonida qo`sh urug`lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898).
4. Gulli o`simliklarda gametofit nasl ochiq urug`lilarga qaraganda o`ta qisqarganligi va juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi.
Gametofit nasl-ayrim jinsli. erkak gametofit-chang, chang naychasi va unda harakat qilayotgan vegetativ va generativ xujayralardan iborat. Urg`ochi gametofit-bu urug`chidagi murtak xaltasi va unda joylashgan 8-ta xujayradan (tuxum xujayra markaziy xujayra, antipod va sinergitlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta o`simlikdan: asosiy o`simlik va zigota tarqqiyotidagi embriondan (murtak) iborat.
5. Ichki anatomik tuzilishi bo`yicha ular rivojlangan bo`lib, ikkilamchi yog`ochligida ksilema, floema, haqiqiy o`tkazuvchi naychalar traxeyalar va yo`ldosh xujayralarning bo`lishidir.
6. Morfologik tuzilishi jihatidan bularning xilma-xil ko`rinishiga, turli hil moslamalarga egaligi va turli hil sharoitda yashovchanligidir.
7. Hayotiy shakllarining xilma xil bo`lishi kelib chiqishi bo`yicha, eng yoshi–o`t o`simliklar ekanligi, bulardagi muhim belgi hisoblanadi.
3. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi.
Gulli o`simliklar dastlabki qazilma holdagi qoldiqlari (changlari, barglari) Mezozoy erasining oxiri Bo`r davrining 2-yarmiga xos yotqiziq-laridan boshlab uchray boshlaydi. Umuman shu davridan boshlab gulli o`simliklarga mansub paleobotanik ma`lumotlar dunyoning ko`p joylaridan topilgan. Gulli o`simliklar filogeniyasining to`g`ri, ilmiy asosda hal qilishda dastlab qachon, qaerda, qanday yo`l bilan gulli o`simliklar paydo bo`lgan degan savolga javob berish bilan oydinlashadi.
Ko`pchilik botanik (palebotanik) olimlar tomonidan qachon degan savolga «Mezozoy» erasining oxiri bo`r davrining 2- yarimidan boshlab gulli o`simliklar paydo bo`lgan degan fikr bir xilda bildiriladi.
Bunga sabab o`sha- bo`r davrida er planetasida qator kosmagonik o`zgarishlar bo`lgan, quyosh radiatsiyasi ko`chaygan, havo harorati keskin ko`tarilgan, so`ng yana haroratning pasayishi kuzatilgan. Ayniqsa shimol tomonda erning juda ko`p qismi «Buyuk muzlik» bilan qoplangan. Bu o`zgarishlar geograf, geolog, klimatolog, paleogeograf va boshqalar tomonidan tasdiqlangan. Shu sababdan ham bo`r davrida gulli o`simliklar paydo bo`lgan deb hisoblanadi. Qaerda? degan savolga hozirgacha turlicha fikrlar bildiriladi. Aksariyat palebotanik topilmalar ekvatorga yaqin bo`lgan tropik va subtropik xududlaridan topilgan. Paleobotanik olimlar A. Krshitofovich, V.Sveshnikovalar fikricha gulli o`simliklar dastlab qadimgi Gondvana qit`asining shimolida paydo bo`lgan deb qaraladi. Ular tomonidan Shpitsbergan oroli, Grelandiya hududlaridan topilgan gulli o`simliklarning changlari Bo`r davriga xosligi aytiladi.
Bu yo`nalishda bir muncha to`liq, asosli fikrlarni taniqli paleobotanik olim A.Taxtadjyan (1964), Toron R.Thorne (1976) nazariyalari: dastlab paydo bo`lgan joy qadimgi Panfik qit`asining tropik hududlari yoki hozirgi Osiyo qit`asining sharqiy-janubidagi orollar-Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya qit`asining Filippin, ayniqsa Fidji orollari hisoblanadi. Chunki u erda hozirda ham gulli o`simliklarning eng qadimgi va sodda tuzilgan vakillari ko`p uchraydi. Maslan: magnoliya, lola daraxti va boshqalar.
Bular qanday yo`l bilan kelib chiqqan? Degan savolga ham turli fikrlar bildiriladi. Ularning filogeniyasining hal qilishidagi muhim masala gulning paydo bo`lishini hal qilish bilan bog`liq. Bu yo`nalishida qator fikrlar, nazariyalar o`rtaga tashlangan. Shulardan muhimlari quyidagilar:
1. Nemis, (Avstraliya) olimi P.Vettshteyn (1901) tomonidan fanga kiritilib keyinchalik «soxta-gul»- Pseudanthos – nazariya nomini olgan. Bu nazariyaga muvofiq gul ochiq urug`lilar vakili bo`lgan gnetumlar (oraliq formasi efedralar) qubbasining shakl o`zgarishdan kelib chiqqan deb qaraladi. Bulardagi qubbalaridagi ayrim jinsli bo`lishi, to`liq 2 jinsli gulning paydo bo`lishiga zamin bo`ldi deyishiga to`g`ri kelmadi.
2. Bu nazariya ingliz paleobotaniklari Arber, Parkin va ular bilan deyarli bir vaqtda boshqa ingliz botaniklari Besi, Gallir (1869) ishlab chiqqan «Chin gul» - Euanthos nazariya. Bu nazariyaga muvofiq «2 jinsli gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlarning qubbalaridagi mikrosporofil bargchalarining o`zgarshidan changchilar, megasporafillarning o`zgarishidan urugchilar paydo bo`lgan» deb talqin qilinadi.
Bu nazariyani to`ldiruvchi yana muxim asos shundaki, bennettitlar va urug`li paporotniklarning yuqolib ketgan davri (bo`r davri) gulli o`simliklarning paydo bo`lishiga to`g`ri keladi.
Akademik A.Taxtadjyan (1986) yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma`qullagan xolda, «gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlar o`z yo`lida urug`li paporotniklardan paydo bo`lgan» degan to`ldirishni kiritadi. Lekin, shuni qayd etish kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar to`liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, gulli o`simliklarning ko`pchiligi uchun xos bo`lgan urug`dagi oqsil moddalar bennettitlar urug`ida yo`q ekanligi aniqlangan. Gulli o`simlikni kelib chiqishi bo`yicha yana ko`p olimlar o`z fikrlarini bildirganlar. Masalan: Nazariyotchi botanik olim, O`rta Osiyo florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli o`simliklar gibridizatsiya – duragaylanish» yo`li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va ko`p isbot talab qiladi.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |