GULLI O`SIMLIKLARNING CHIQIB KELISHI
Gulli o`simliklarning kelib chikishi hakida hozirgacha yagona bir fikr yuk. Shu bone, gulli o`simliklar kachon va kayerda paydo bo`lgan va eng kadimiy gulli o`simliklarning dastlabki vakillari kaysi o`simliklar degan savollar paydo bo`ladi. Ilmiy manbalarda ta`kidlanishicha gulli o`simliklar bur davrida paydo bo`lgan deb karalmokda. Bu fikrni tasdiklovchi bir kator dalillar mavjud. Demak gulli o`simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo`lgan. Ayrim olimlar gulli o`simliklar mezozoy erasining trias davrida xattoki, poleozoy erasining perm davrida paydo bo`lgan deb xisoblaydilar.
G ulli o`simliklarning kelib chikishida ikki xil fikr mavjud.
Monofilitik yo`l bilan gulli o`simliklar bitta kadimgi ajdoddan kelib chikkan deyiladi. (A.L.Taxtadjyan'>Akad.A.L.Taxtadjyan).
Polifilitik yo`l bilan esa gulli o`simliklar bitta o`simlikdan emas balki, bir nechta kadimiy turlardan kelib chikkan.
Ingliz botanigi R.Melvilla fikrcha gulli o`simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chikkan. Bu jarayon urug`li paporoniklargacha davom etib, permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga Gondvan xududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashxur rus botanigi akademik A.L.Taxtadjyan dastlab gulli o`simliklar Janubiy Sharkiy Osiyoda paydo blgan deb karaydi, chunki eng kadimiy oddiy to`zilishga ega bo`lgan gulli o`simliklar shu rigionda uchraydi. Amerikalik olim D.J.Stebbins fikricha dastlabki gulli o`simliklar tez o`sadigan kuruklik xududlarda o`sishga mosashgan ikki urug` pallalilarni o`z ichiga olgan. Bir urug` pallalilar esa suv xavzalarida va soy buylarida o`sgan. Gulli o`simliklar ko`pchilik olimlarning fikriga Karaganda eng sodda to`zilishiga ega bo`lgan butasimon ochik urug`li o`simliklardan kelib chikkan. Gulli o`simliklarning koldiklari bur davridagi yotkiziklardan topilgan. Lyokin Paleozoy va mezozoy erasida o`sgan ochik urug`lilarning ayrim belgilari gulli o`simliklarnikiga uxshash bo`lgan. Buni usha davrga xos bo`lgan kazilma holda topilgan materiallar tasdiklamokda. Dastlabki gulli o`simliklarda chang donasi bir poradan (teshikcha) iborat bo`lib, xuddi kirkko`lok (paporotnik) larning sporasiga va urug`li o`simliklarning changiga uxshash bo`lgan.
D astlabki gulli o`simliklarda, ya`ni hamma bir urug`pallali va premitiv (sodda) to`zilishga ega bo`lgan ikki urug`pallali o`simliklarning changchilari uxshash bo`lgan. Bundan 120 mln.yil oldin o`sgan gulli o`simliklarda chang 3 porali, ya`ni ikki urug` pallalilarga uxshash bo`lgan. Bundan taxminan 80-90 mln. yil oldin o`sgan yopik urug`li o`simliklar Yer yuzida xukmronlik kilgan.
G ulli o`simliklarning kadimiy vakillarini topish uchun kazilma holda topilgan urug`li o`simliklar asos kilib olingan. Shuningdek, ularning bir-biri bilan bog`likligi urganila boshlandi. Bu esa ularning filogeniyasini yanada yaxshirok urganish imkonini berdi.
Ta`kidlash joizki, ayniksa, kirkko`loklar (paporotniklar), sagovniklar va karag`aylarda gulli o`simliklarga xos ba`zi bir belgilarni ko`rish mumkin. Gulli o`simliklarning filogeniyasini urganishda urug`li kirkko`loklar, bennetgitlar va boshka igna bargli o`simliklarning roli ham katta. Sagovniklar bilan karag`aylarda yog`ochlik ksilema, traxeid shaklida, ikkilamchi yug`onlashishga ega va urug`lari orkali ko`payadi. Demak, yog`ochlik esa 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.
K irkko`lok (paparotniklar) da fakat traxeidlar mavjud bo`lib, yog`ochlik va smola yukllari esa atigi 50 mln yil oldin vujudga kelgan. Hu sababdan bo`lsa kerak, traxeidlarga yog`ochlik va smola yo`llarning gomologi deb karaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |