Kitobxon.Com
5
shunchalik ko‘p bo‘ladi, bu esa signal chastotasi F ni ko‘payishiga
asos bo‘ladi.
Inson qulog‘i tovush tebranishlarining Fmin = 16 Hz dan
Fmax = (16 – 20) kHz gacha bo‘lgan oralig‘ini qabul qiladi.
Radiotelefoniya, ya’ni tovush xabarlarini elektromagnit
to‘lqin yordamida uzatish. Oraliq bosqichida ikki zanjirdan
tash kil topgan sxemani ko‘rib chiqamiz (2-rasm). Uzatuvchi,
doimiy kuchlanish manbayi Uo, mikrofon M va induktivlik
Luzat tash kil topgan va qabul qiluvchi, induktivlik Lq.q. va telefon
T dan tashkil topgan.
Zanjirlar magnit maydoni bilan bog‘langan ikkala induktiv
g‘altakni o‘z ichiga oladi. Uzatuvchi zanjirning toki tovush
teb ranishlari qonuni bo‘yicha pulslanadi. O‘z navbatida magnit
maydon toki ham o‘zgaradi. Maydoning o‘zgaruvchan tashkil
etuvchisi qabul qiluvchi zanjirda EYuKni induksiyalaydi va unda
telefonga ta’sir ko‘rsatuvchi tovush chastotali tok hosil qiladi.
Bu usul bilan simsiz aloqani tashkil qilish mumkindek tuyuladi.
Haqiqatda esa buning iloji yo‘q. Bio-Savar qonuniga asosan
doimiy yoki sekin-asta o‘zgaruvchi tok keltirib chiqargan
magnit maydon kuchlanuvchanligi o‘tkazgichli tokdan r masofada
uning to‘rtinchi darajasiga proporsional boladi. Agar maydon
energiyasi kuchlanuvchanlik kvadratiga proporsionalligini
inobatga olsak, energiya zichligi r masofada to‘rtinchi darajaga
proporsional kamayadi. Bunday sharoitda kichik masofada va
zanjirlar orasidagi kuchli bog‘lanishda telefon membranasi intensiv
tebranishlarini hosil qilishga erishish mumkin. Signallarni
erkin o‘zgaruvchan elektromagnit maydon yordamida uzatishda
boshqacha nisbatlar olinadi.
Faraz qilaylik, bizda erkin elektromagnit maydon hosil qilingan,
ya’ni manba uyg‘otgandan uzluksiz uzoqlashayotgan va
unga qaytib kelmaydigan, uyg‘otgich quvvati PΣ bo‘lgan elektromagnit
to‘lqinlar tarqatsin. Agar tashqi muhitdagi elektromagnit
energiyasi yutinishini inobatga olmasak, u holda tarqatilayotgan
barcha energiya sfera orqali o‘tadi. Sferaning r radiusida
uning yuzasi 4πr2 ga teng, quvvat oqimi zichligi esa ush6
bu sfera orqali o‘tuvchi P=PΣ /4πr2, bu zichlik r masofa kvadratiga
teskari proporsional. Demak, elektromagnit to‘lqinlari oqimi
quvvatining zichligi maydon kuchlanuvchanligi kvadratiga
proporsional. Agarda uzatuvchi antenna yuqori chastotali tok
bilan oziqlantirilsa, u holda induksiya hududidan nurlanish hududi
keladi, unda elektromagnit maydoni erkin; erkin maydon
energiyasi uzatuvchi antennaga qaytib kelmaydi, balki elektromagnit
to‘lqin ko‘rinishida turli yo‘nalishlarda tarqaladi. Antennadan
uzilgan maydon elektromagnit to‘lqinlarini hosil qiladi
va fazoda yorug‘lik tezligi bilan tarqaladi.
Maydon induksiyasi qanchalik tez o‘zgarsa, maydon nurlanishi
intensivligining hosil bo‘lishi shunchalik tez bo‘ladi. Shuning
uchun eff ektiv radioto‘lqin nurlanishi faqatgina yuqori
chastotalardagina bo‘lishi mumkin. Bu yuqori chastotalar radiochastotalar
deb nomlanadi. Tovush chastotalarida ham nurlanishni
amalga oshirsa bo‘ladi, ammo buning uchun juda katta
o‘lchamdagi antennalar talab qilinadi. Keyingi vazifa ma’lumot
ni radioto‘lqinlar orqali qanday qilib uzatish mumkinligidir:
chunki to‘lqinlar yuqori chastotaga ega, ma’lumotni aks ettiruvchi
signal esa nisbatan past chastotaga ega. Buni modulyatsiya
yordamida amalga oshiriladi. Modulyatsiya jarayonida
yuqori chastotali radiosignal past chastotali signalning qonuni
bo‘yicha o‘zgartiriladi. O‘zgarish qonuni amplituda, chastota
yoki faza bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Modulyatsiyalangan yuqori
chastotali tebranishlar ma’lumotni tashuvchi hisobla nadi
Do'stlaringiz bilan baham: |