2. Magnit oqimi. Magnit maydon kuchlanganligi.
M agnit maydoni va elektromagnit hodisalarni toklarning o’zaro magnit ta‘siriga asoslanib o’rganishga o’tamiz, chunki bu o’zaro ta‘sirni ifodalovchi Amper
qonunidan elektromagnetizmning eng muhim qonunlari: Bio-Savar-Laplas qonuni va Amper formulasi deyarli bevosita kelib chiqadi.
Parallel toklarning o’zaro ta‘sirini birinchi bo’lib Amper tajriba orqali aniqlagan. Agar ikki parallel uzun o’tkazgichlardan o’tuvchi toklarning yo’nalishlari bir xil bo’lsa (2a - rasm), bu tokli o’tkazgichlar o’zaro torti-ladi, toklarning
yo’nalishlari qarama-qarshi (2b - rasm) bo’lsa, bu tokli o’tkazgichlar o’zaro itarishishadi. Toklarning o’zaro ta‘siriga sabab, toklarning har biri o’z atrofidagi fazoda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi tokli o’tkazgichga ta‘sir qiladi.
I1 I2 I1 I2
F1 F2 F2 F1 a) 2-rasm. b)
Do'stlaringiz bilan baham: |