Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi


Muammoning ishlanganlik darajasi



Download 27,57 Kb.
bet2/4
Sana20.03.2022
Hajmi27,57 Kb.
#503170
1   2   3   4
Bog'liq
Salimova Sh

Muammoning ishlanganlik darajasi:G’ovak muhitlarda bir jinsli boʼlmagan suyuqliklarning muhit sirtida oʼtirib qolishi va qayta suyuqlik oqimiga qoʼshilishini hisobga olgan holda oʼrganish boʼyicha nazariy tadqiqotlar dastlab oʼtgan asrda oʼtkazilgan va T.Ishasakining ishlari bilan bogʼliq. D.M.Mintsning ishlarida tarkibida muallaq zarrachalari boʼlgan suyuqlikning gʼovak muhitda harakati uchun modda balansi tenglamasi tuzilgan. Balans tenglamasiga qoʼshimcha ravishda muallaq zarrachalarning oʼtirib qolishi va qayta suyuqlik oqimiga qoʼshilishi intensivligi tenglamasi qaraladi. Oxirgi yillarda bir jinsli boʼlmagan suyuqliklarning gʼovak muhitlarda sizishi modellarini ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek ularni sonli yechish usullari quyidagi olimlarning ishlarida qaralgan: K.Ives, M.Sharma, M.Elimelech, J.Bear, Ch.Tien, P.Bedrikovetsky, A.Adin, M.Rebhun, J.Herzig, V.Gitis, G.Barenblat, А.X.Mirzadjanzade, Ye.V.Venetsianov, K.S.Basniev, D.Mixaylov, А.Nikiforov va boshqalar.
Qattiq muallaq zarrachali suyuqliklar sizishi jarayonlari birinchi marta Yu.M.Shextman tomonidan tizimli ravishda tadqiq etilgan. Harakat va uzluksizlik tenglamalari asosida kichik kontsentratsiyali suspenziyalar uchun balans tenglamasi tuzilgan. Ye.V.Venetsianov tomonidan suspenziya sizishi modellarini adsorbtsiya jarayonlari modellariga oʼxshash koʼrinishda tuzish taklif qilingan.
Oʼzbekistonda suyuqlik va gazlarning gʼovak muhitlarda sizishi jarayonlari matematik modellari va hisoblash usullarini ishlab chiqishda F.B.Аbutaliyev, J.F.Fayzullaev N.M.Muxidinov,R.Sadullayev, I.Аlimov, J.Аkilov, B.X.Xoʼjayorov, I.K.Xujayev, N.Ravshanov, Sh.Qayumov, V.F.Burnashev va boshqa olimlarning ulkan hissalari qoʼshilgan. Xususan, B.Xoʼjayorov tomonidan kolmatatsion-suffozion sizish uchun dinamik omillarni hisobga oluvchi yangi kinetika tenglamasi taklif qilingan.
Tadqiqotning maqsadi: dinamik, diffuzion omillar, “eskirish” va “yuklanish” hodisalari hisobidan choʼkma hosil boʼlish jarayonining koʼp bosqichli boʼlishini hisobga olib, suspenziyalarning gʼovak muhitlarda sizishi va modda koʼchishi jarayonining matematik modellarini takomillashtirish va sonli yechishdan iborat.

Download 27,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish